Li Jianhua
Li Jianhua (talaffuzi: Li Szyanxua) nafaqadagi xitoylik futbolchi, oxirgi marta Xitoy Birinchi ligasida Guangdong South China Tiger jamoasida himoyachi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
U oʻz faoliyatini 2002-yilgi mavsumda boshlagan va oʻzining debyut mavsumida 21 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Shenzhen Shangqingyin jamoasi bilan muntazam musobaqalarda qatnashgan, uning eng yuqori yutugʻi 2004-yilgi Xitoy Superligasi mavsumi chempionligi boʻlgan. Chempionlikni qoʻlga kiritganidan soʻng, jamoa oʻz yutuqlarini takrorlay olmagan, hattoki quyi ligaga tushib ketgan. Inqirozga qaramay Li yana bir necha mavsum jamoada qolishga qaror qilgan. 2009-yilgi mavsum boshida u keyinchalik Guangzhou Evergrand nomini olgan Guangzhou Pharmaceutical FC jamosiga oʻtgan. Li jamoadoshlari Jiang Ning va Vu Pingfen bilan birga 2013-yilning yanvarida Guangzhou Evergrandning raqibi Guangzhou R&F jamoasiga oʻtgan. U 2015-yil oxirida Guangzhou R&Fni tark etgan va 2016-yilda Shenzhen Baoxin havaskorlar jamoasida oʻynagan. 2016-yil 9-noyabrda Li Xitoyning ikkinchi ligasida oʻzining tugʻilgan shahri jamoasi Meixian Hakka bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
Li Jianhua 2008-yilning 16-aprelida Meksikaga qarshi oʻyinda Xitoy tarkibida debyut qilgan va oʻsha oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Xitoyliklar bu oʻyinda magʻlubiyatga uchrashgan. U 2008-yil 23-aprel kuni Salvadorga qarshi Xitoy terma jamoasi bilan yana bir oʻyinda maydonga tushgan va bu oʻyin 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan.
Faoliyat statistikasi
Yutuqlar
Klub
Shenzhen Jianlibao Guangzhou Evergrand Manbalar
uz.wikipedia.org