Li Jianbin




Li Jianbin (talaffuzi: Li Sziyanbin) (1989-yil 19-aprelda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Chengdu Rongcheng jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Yoshlik yillari



Li Jianbin futbolchilik faoliyatini 2001-yilda Qingdao Beilaite yoshlar akademiyasida oʻynashdan boshlagan va 2006-yilda ikkinchi darajali „Shanhai Stars“ jamoasiga oʻtgan.

Chengdu Blades



Li 2007-yil may oyida ikkinchi divizion vakili Chengdu Blades jamoasiga qoʻshilgan. Li 2009-yil 5-iyulda „Shandong Luneng“ga qarshi liga oʻyinida klub uchun debyut qilgan. Keyinchalik murabbiy Vang Baoshan unga mavsum oxirida liganing yana toʻqqizta oʻyinida maydonga tushishiga ruxsat bergan.

Guanhzhou Evergrand



Li 2011-yilning 26-dekabrida Zhao Xuri, Rong Xao va Peng Xinli bilan birga Guangzhou Evergrandga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2012-yilning 11-mayida Dalyan Shidega qarshi oʻtkazgan. Li asosiy jamoada oʻzini namoyon qila olmagan va asosan klub uchun zaxira jamoalar ligasida oʻynagan. U 2012-yilgi liga mavsumida „Guangzhou“ safida atigi bir marta oʻyin oʻtkazgan.

Shanghai Shenhua



2014-yilning 4-dekabrida Li „Guangzhou Evergrand“da oʻz oʻrnini topa olmaganidan soʻng Xitoy Superligasi vakili „Shanghai Shenhua“ga transfer qilingan. 2015-yilning 8-martida u „Shanhai Shenhin“ga qarshi oʻyinda (6:2) klub uchun debyut qilgan. U 2016-yilning 3-iyulida „Shanhai“ safidagi ilk golini „Changchun Yatai“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritgan.

Dalian Professional



2019-yil 13-fevralda Li Dalian Professional jamoasiga oʻtgan. U 2019-yil 3-mart kuni Henan Jianyega qarshi liga oʻyinida debyut qilgan.

Xalqaro faoliyati



Li Xitoyning 23-yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashish uchun chaqirilgan, u yerda u uchta oʻyinda qatnashgan. Bir necha oy oʻtgach, Li oʻzini koʻrsatgan va Chengdu Blades bilan yuqori pogʻonani qoʻlga kiritgan ajoyib liga mavsumidan soʻng, u tez orada 2011-yilgi Osiyo Kubogiga tayyorgarlik koʻrish uchun Xitoy terma jamoasining dastlabki tarkibiga chaqirilgan. Oldin yuqori darajadagi xalqaro tajribaga ega boʻlmaganiga va ikkinchi darajali jamoada oʻynaganiga qaramay, Li kutilmaganda jamoadoshi Feng Syaoting jarohat olganidan soʻng tarkibga kiritildi va 2011-yil 2-yanvarda Iroqqa qarshi norasmiy xalqaro debyutini oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi




Yutuqlar



Klub



Guangzhou Evergrand

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz