LG Electronics
LG Electronics Inc. — Janubiy Koreya kompaniyasi boʻlib, dunyodagi eng yirik maishiy elektronika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilardan biri. LG Group konglomeratining bir qismi hisoblanaddi. LG Electronics kompaniyasining bosh ofisi Koreya Respublikasining Seul shahrida joylashgan boʻlib, kompaniyaning 120 ta vakolatxonasi dunyoning 95 mamlakatida ochilgan. 2010-yil holatiga koʻra kompaniya xodimlari 90 578 kishini tashkil etdi. Kompaniyaning 2010-yildagi umumiy aylanmasi 48,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Kompaniyaning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
Kompaniya tarixi
1958—1980-yillar — Lucky Chemicals va Goldstarning asos solinishi
1958-yilda LG Electronics GoldStar xoldingi sifatida tashkil etilgan. U Koreya urushidan keyin xalqni uyda ishlab chiqarilgan maishiy elektronika va maishiy texnika bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan. Mamlakatda elektronika bozorining gullab-yashnashiga olib kelgan milliy radioeshittirishning boshlanishi hamda uning Hitachi bilan tezda oʻrnatgan yaqin munosabatlari GoldStarga Janubiy Koreyaning birinchi radio, televizor, muzlatgich, kir yuvish mashinalari va konditsionerlarini ishlab chiqarishga yordam bergan. GoldStar 1995-yil 28-fevralda Lucky Chemical va LS Cable bilan birlashdi va kompaniya nomini Lucky-Goldstarga, keyin esa LG Electronicsga oʻzgartirdi.
1958-yil 1-oktabr — Lak Hui Chemical kompaniyasi Goldstar (keyinchalik LG Electronics) kompaniyasiga asos solindi. Shu paytdan boshlab kompaniya elektr jihozlari hamda maishiy texnikani loyihalash va ishlab chiqarish ustida ishlay boshlaydi.
1980—1995-yillar — Goldstar global brendining shakllanishi
1995—2005-yillar — Lucky va Goldstarning birlashishi, LG brendining shakllanishi
2021-yili
Biznes yoʻnalishlari
LG Home Entertainment — kompaniyaning LCD va plazmali televizorlar, video va audio uskunalari, shuningdek, monitor va noutbuklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlinmasi hisoblanadi. Ushbu biznes yoʻnalishi LG Electronics uchun ustuvor hisoblanadi, LG Home Entertainment tomonidan sotilgan mahsulot hajmi biznes boʻlinmalari orasida eng yuqori hisoblanadi.
Asosiy mahsulotlari[10]:
Moliyaviy koʻrsatkichlar
2010-yilda kompaniyaning jamlangan savdosi 48,2 milliard dollarni (55,8 trillion koreys vonini) tashkil etdi.
Logotip va korporativ identifikatsiya
Ayni paytda kompaniya logotipi stilize qilingan tasvir — qizil tusdagi „yuz“ va aslida LG brendining qisqartmasi. . Kompaniyaning rasmiy shiori „Life is Good“.
Doiradagi „L“ va „G“ harflari tinchlik, kelajak, yoshlik, insoniyat va texnologiya ramzidir. Ranglar: qizil — asosiy rang — LG Electronics kompaniyasining doʻstona munosabati va eng sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish niyatini ifodalaydi; kul rang ishlab chiqarish va ishonchlilikni anglatadi. Yuz: stilize qilingan tabassum samimiy va qulay munosabatni bildiradi. Tasvirda bir koʻz LG Electronics natijaga yoʻnaltirilgan, diqqat markazida va ishonchli ekanligini anglatadi. Doira dunyoni va butun insoniyatni, shuningdek, yoshlar va kelajakni ifodalovchi globusni ifodalaydi. Shakl: LG Electronics logotipining atayin boʻsh qoldirilgan yuqori oʻng burchagi LG Electronics ijodkorligi va oʻzgarish qobiliyatidan dalolat beruvchi assimetrik tasvirni yaratadi.
LG Electronics Rossiyada
LG Electronics kompaniyasining Moskvadagi Rossiya vakolatxonasi 1990-yil mart oyida ochilgan. 2022-yil mart oyida kompaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli Rossiyaga yetkazib berishni toʻxtatganini maʼlum qildi.
Koʻrgazma zallari
2020-yil iyul oyida Simferopolda mehmonxonalar, korxonalar va uylar uchun zamonaviy iqlim yechimlarini taqdim etuvchi LG Electronics koʻrgazma zalini ochdi. Bularga quyidagilar kiradi: barcha turdagi konditsionerlar, havo tozalash va namlagichlar, ventilyatsiya.
Homiylik va sport
1994-yilda LG Electronics direktorlar kengashi brendning ijtimoiy siyosati masalalarida yana bir ustuvor yoʻnalish — sport tadbirlarini qoʻllab-quvvatlash va homiylik qilishni aniqladi.
2010-yildan boshlab LG Electronics:
Manbalar
uz.wikipedia.org