Leyla İsmayılova




Leyla Rizvanovna Ismailova (belaruscha: Лейла́ Рызва́наўна Ісмаілава, ozarbayjoncha: Leyla Rizvan qızı İsmayılova)- belaruslik(asli Ozarbayjonlik) jurnalist, teleboshlovchi va model. U birinchi marta 2010-yilgi "Junior Yevrovision" qo'shiq tanlovida boshlovchi sifatida ishtirok etganidan keyin mashhur bo'ldi. U "Yevrovideniya 2011" qo'shiq tanlovida Belarus nomidan ovoz berdi va Belorussiyada bo'lgan "Evrovidenie 2012" qo'shiq tanlovi mezbon sifatida boshlovchilik qildi.

Biografiya



Bolaligi va oilasi



Ismailova Leyla Rizvanovna Rizvan Ismoilov va asli Minsk shahridan bo'lgan Galina Ruzentsova oilasida Agdam (Ozarbayjon) shahrida tug'ilgan. Qizlari tug'ilgandan bir oy o'tgach, oila Bokuga ko'chib o'tdi.

Leylaning otasi Agdamdagi neft bazasi direktori bo'lib ishlagan va Armaniston-Ozarbayjon qurolli to'qnashuviga qaramay, u urushning oxirgi kunlarigacha shaharni tark etmagan. Otasi Leyla 3 yoshida armanlar tomondan uyushtirilgan hujumda o'qqa tegishi natijasida vafot etgan. Leyla onasi, ukasi Baxram va opasi Esmira bilan Minskka ko'chib o'tishadi.

Leyla o'zining birinchi ijodiy jurnalistikaga oid materiallarini 15 yoshida nashr etgan. Uning soʻzlariga koʻra, u jurnalistikani kasbini tanlagani uchun katta opasi Esmiradan minnatdor.

Leylaning onasi gimnaziyada rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi edi. Esmirning opasi jurnalist, iqtisodchi va yozuvchi bo'lgan. Ozarbayjonning Belarusdagi elchixonasida, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturining Minskdagi vakolatxonasida ishlagan. Ukasi Baxrom hozirda universitetda oʻqiydi.

Ta'lim olishi




Faoliyati



Leyla televideniyedagi faoliyatini 2010-yilda Minskda bo'lib o'tgan VIII "Junior Yevrovision" qo'shiq tanloviga boshlovchilar roli uchun o'tkazilgan tanlovda yutib chiqqan. O'sha paytda u Belorussiya davlat universitetining Jurnalistika instituti talabasi bo'lib, Yevropa Ittifoqining "Erasmus Mundus" stipendiya dasturi bo'yicha Gretsiyada,(Salonikida, Markaziy Makedoniya)gi Aristotel nomidagi universitetda tahsil olgan.

Asosiy teledasturlar ishtiroki

Kliplarda, seriallarda ishtirok etishi




Modellik faoliyatida




Yutuq va mukofotlari




Qiziq faktlar




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz