Leyla Belyalova
Leyla Belyalova – oʻzbek akademigi va ekologi. Oʻzbekiston ekotizimlarini targʻib qilish va himoya qilish borasidagi uchun BBC tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 nafar ayollari roʻyxatidan joy olgan.
Karyerasi
Leyla Belyalova hozirda Samarqand davlat universitetining ekologiya kafedrasi dotsenti hamda Gʻarbiy Tyan Shan tizmasi ornitologik bioxilma-xilligini saqlash boʻyicha qator xalqaro loyihalar koordinatori lavozimida ishlab kelmoqda. Belyalovaning eng muhim ilmiy ishlariga misol qilib, Kattaqoʻrgʻon suv ombori hamda Zarafshon davlat qoʻriqxonasida oʻrganish ishlarini olib borgan. Shuningdek, u Gʻarbiy Pomir-Oloy togʻ tizmasida joylashgan Amanqutan dovoni atrofidagi oʻzbek flora va faunasini oʻrganib, jahon hamjamiyatiga taqdim etgan.
Oʻzbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati bilan ishlash orqali Belyalova qushlarning yashash joylari, ularning populyatsiyasi, oziqlanishi hamda shunga oid koʻplab maʼlumotlarni oʻrganib chiqdi
.
2018-yilda Belyalova „Oʻzbekiston yil ayoli“ tanlovining Respublika bosqichida birinchi oʻrinni egalladi. 2017-yilda esa u „Birdlife International“ xalqaro ekologiya tashkiloti tomonidan „Tabiat qahramoni“ mukofoti bilan taqdirlangan. Leyla Belyalova „Jahon ekologik harakati“, „Migratsiyada ekologiya“ va „Sprig alva“ xalqaro dasturlar ishtirokchisi hisoblanadi.
BBC kompaniyasining mutaxassislari Leyla Belyalova haqida shunday fikr bildirishdi:
2023-yilda Ozarbayjonda tashkil qilingan „Harakatning 17 yuzi“ nomli fotokonferensiyada Leyla Belyalova nomi qayd etildi. Ushbu konferensiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari yuzasidan oʻtkazilgan. Nomi qayd etilgan shaxslar Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Barqaro Rivojlanish maqsadlari elchilari hisoblanishadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org