Leykoksen




Leykoksen (lepko... va yun. xenos — yot, boshqa) — polimineral agregat, ilmenit, kamroq sfen, perovskit va titanning boshqa minerallari oʻzgarishining mahsuli. Soxta rutil (Fe23+ T13O,)ning kristallik fazasida koʻp uchraydi. Tarkibi va xususiyatlari oʻzgaruvchan. Asosiy komponentlari: TiO2 (80-90% ga yaqin) va Fe2O3(6-15%). FeO miqdori 2% dan kam. Rangi och jigarrang , kulrang , sariqdan oqqacha. Zichligi 3600–4300 kg/m3. Magnitsiz va kam magnitli. Kelib chiqishi, asosan, gipergen. Nurash qatlamlari va sochmalarda keng tarqalgan. Baʼzida gidrotermal sharoit va metamorfizmda paydo boʻladi. Sanoat konlari — ekzogen, asosan, qad. (Ukrainadagi Malishev koni va boshqalar). L. titan xom ashyosining muhim turidir. Titanning ekzogen konlaridan foydalanishda oʻzgargan ilmenit va rutil bilan birga qazib olinadi. Koʻpincha, titanli gubka olishda foydalaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz