Leygun





Leygun - Xitoy mifologiyasiga ko‘ra, momaqaldiroq xudosi. Miflarda u ajdaho tana va inson boshi, qora rangli qanotlar, qush tirnoqlarga ega hamda qornida baraban chalayotgan ko‘rinishda tasvirlangan. Qolaversa, u faqat shim kiygan, yelkasiga baraban va o‘ng qo‘lida momaqaldiroqni yuzaga keltiradigan yog‘och bolg‘asini ko‘targan holda bo‘ladi, deb ishonilgan. Miflarda u qoʻy va cho‘chqalar bilan to‘ldirilgan aravada sayohatga chiqishi, sayohat asnosida barabanini chalib momaqaldiroqni chaqirishi va yomg‘ir yog‘ib, insonlarning dehqonchilik va chorvachilik ishlariga qut-baraka kirishi haqida hikoya qilinadi. Shuning uchun u insoniyatga manfaat keltiruvchi yaxshilik xudosi sifatida e’tiqod qilingan.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz