Leyboristlar partiyasi
Leyboristlar partiyasi -Buyuk Britaniyaning Ishchi partiyasi. Shu mamlakatning ikki yetakchi partiyasidan biri. 1900-yilda tashkil etilgan (1906-yilgacha Ishchilar vakilligi qoʻmitasi deb atalgan). Ikkinchi jahon urushidan soʻng 194551, 1964-70, 1974-79 yillarda hokimiyatni boshqardi. 1997-yilda yana hokimiyat tepasiga keldi.
Leyboristlarning ikkinchi hukumati
1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada
navbatdagi parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda
Leyboristlar, kichik farq bilan bo‘lsa-da, g‘alaba
qozondi (287 o‘ringa ega bo‘ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o‘ringa ega
bo‘ldi).
Leyboristlar bu g‘alabaga ko‘mir sanoatini, transport va banklarni
milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi
tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi.
Leyboristlarning
ikkinchi hukumati
1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat
va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo‘ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk
Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o‘z cho‘qqisiga
chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi.
Ishsizlar soni 3—3,5 mln kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan
birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham ishlab
chiqarish qisqardi.
Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy
bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham
hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko‘mir konlarida 7 soatlik
ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo‘yicha, sug‘urta to‘g‘risida yangi qonun
qabul qilindi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga
uzaytirildi.
Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish
qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning
ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital
tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish,
bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu hol
Leyboristlar partiyasining bo‘linib ketishiga olib keldi.
Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo‘lgan R. Makdonald 1931-yil
25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning
tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi
vakillari kirdi).
Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari
saylov o‘tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (740 o‘rin).
Yana milliy hukumat (1931—1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni
kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi.
Ingliz kapitalining chetga ko‘plab chiqib ketishidan qo‘rqqan hukumat funt
sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda
funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda AQSH va
Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln funt sterling miqdorda qarz
berdi.
Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm
(milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo‘lidan bordi. Unga ko‘ra, imperiya
tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar
tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniyaning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi.1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada
navbatdagi parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda
Leyboristlar, kichik farq bilan bo‘lsa-da, g‘alaba
qozondi (287 o‘ringa ega bo‘ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o‘ringa ega
bo‘ldi).
Leyboristlar bu g‘alabaga ko‘mir sanoatini, transport va banklarni
milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927-yilgi
tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi. Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi.
Leyboristlarning
ikkinchi hukumati
61
1929-yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat
va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo‘ydi. 1930-yil boshlarida Buyuk
Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932-yilda o‘z cho‘qqisiga
chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929-yilga nisbatan 20 foizga qisqardi.
Ishsizlar soni 3—3,5 mln kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan
birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham ishlab
chiqarish qisqardi.
Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy
bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham
hukumat qator va’dalarni bajardi. Chunonchi, ko‘mir konlarida 7 soatlik
ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo‘yicha, sug‘urta to‘g‘risida yangi qonun
qabul qilindi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga
uzaytirildi.
Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha yangi vazirlik va ishsizlar uchun ish
qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etildi. Bu tadbirlar ishsizlarning
ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi. Biroq yirik kapital
tazyiqi ostida kun tartibida ish haqini, ishsizlik nafaqalarini kamaytirish,
bilvosita soliqlarni oshirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib qoldi. Bu hol
Leyboristlar partiyasining bo‘linib ketishiga olib keldi.
Yuqorida qayd etilgan masala tarafdori bo‘lgan R. Makdonald 1931-yil
25-avgustda «Milliy hukumat» deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning
tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-liberallar va konservatorlar partiyasi
vakillari kirdi).
Shunday sharoitda, 1931-yil oktabr oyida parlamentga navbatdan tashqari
saylov o‘tkazildi. Unda konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi (740 o‘rin).
Yana milliy hukumat (1931—1935) tuzildi. Uni yana R. Makdonald boshqardi. Hukumat ish haqini va ijtimoiy sohalarga ajratiladigan xarajatlarni
kamaytirish hisobiga inqirozdan chiqish dasturini amalga oshira boshladi.
Ingliz kapitalining chetga ko‘plab chiqib ketishidan qo‘rqqan hukumat funt
sterlingning oltinga nisbatan qiymatini bekor qildi. Binobarin, endilikda
funt sterling oltinga almashtirilmaydigan bo‘ldi. Ayni paytda AQSH va
Fransiya banklari Buyuk Britaniyaga 80 mln funt sterling miqdorda qarz
berdi.
Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm
(milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo‘lidan bordi. Unga ko‘ra, imperiya
tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar
tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniyaning imperiya bozorlaridagi mavqeyini mustahkamladi.
uz.wikipedia.org