Levan Keniya




Levan Keniya (gruzincha: ლევან ყენია; 1990-yil 18-oktyabrda tugʻilgan) — gruziyalik professional futbolchi, Germaniyaning KFC Uerdingen klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Keniya 2008-yilning yanvarida „Lokomotive Tbilisi„dan „Shalke 04“ga kelib qoʻshilgan. Klub bilan 2012-yilning iyunigacha amalda boʻladigan shartnoma imzolagan. Keniya 2008-yilning 2-oktyabrida „Schalke 04“ tarkibida UEFA kubogi doirasida APOELga qarshi oʻyinning 65-daqiqasida Gerald Asamoahning oʻrniga maydonga tushib debyut qildli. Ilgari Keniya 14 yoshida „Barcelona“ da ikki hafta mashgʻulot oʻtkazgan.

2009-yil 11-aprelda Keniya „Schalke“ safida „Karlsruher SC“ ga qarshi oʻyinda Bundesligada debyut qildi.

2012-yil 14 avgustda Keniya Ukraina Premyer-ligasi vakili „Karpaty Lviv „ bilan ikki yillik shartnomaga rozi boʻldi. Ukrainada bir yil oʻtkazgandan soʻng, Keniya Germaniyaga qaytib keldi va Fortuna Düsseldorf bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Keniya Düsseldorning umidlarni oqlay olmadi. Pleymeyker sifatida 2013—2014-yilgi mavsumda atigi oʻn bitta oʻyin oʻtkazdi. Mavsumning ikkinchi yarmida toʻrt daqiqa oʻynadi. 2014-yilning 1-iyulida, avvalgi mish-mishlarga koʻra, uning shartnomasi bekor qilingani eʼlon qilingan.

2018-yilning yozida Lyuksemburgning „F91 Dudelange“ klubiga oʻtdi.

2021-yilda Keniya Germaniyaning KFC Uerdingen mintaqaviy klubiga qoʻshildi.

Xalqaro faoliyati



Keniya Gruziya terma jamoasidagi debyutini 2007-yilning 8-sentyabrida Ukrainaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Gruziya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Klaus Toppmöller oʻz yoshidagi bunday texnik qobiliyatga ega futbolchini hech qachon koʻrmaganini aytgan. Terma jamoada Keniya hamkasblari Levan Mchedlidze va Giorgi Makaridze bilan birgalikda UEFA Yevro-2008 saralash bosqichida Shotlandiya qarshi oʻyinda maydonga tushishdi, 2:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Toppmöller Keniyani, „Keniya uchrashuvdagi eng yaxshilardan biri boʻldi“ deb maqtadi.

Kenya milliy terma jamoasidagi birinchi golini 2008-yilning 27-mayida Estoniyaga qarshi oʻyinda kiritgan.

Shaxsiy hayoti



Levan SC Freiburg klubining sobiq yarim himoyachisi Georgi Kiknadzening jiyani.

Faoliyat statistikasi



Klub



25-iyul, 2014-yil holatiga koʻra

Xalqaro



27-may, 2016-yil holatiga koʻra[14]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz