Lev Popov




Lev Nikolayevich Popov (1932-yil 18-mart – 2008-yil 8-oktyabr, Moskva, Rossiya) – sovet va rus arxitektori. Moskva, Novosibirsk, Praga, Boku va Toshkent metrolarining yerosti va yerusti inshootlari loyihachisi.

Hayoti



Lev Nikolayevich Popov 1932-yil 18-martda tugʻilgan. Lev Popov oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng Moskva arxitektura institutiga oʻqishga kirgan va u yerni 1965-yilda tamomlagan. Mehnat faoliyatini Metrogiprotrans institutida boshlagan. U oʻtgan asrning 70-80-yillaridagi bir necha metro stansiyalari loyihalarining muallifi hisoblanadi. Lev Popov butun dunyoga Moskva metrosining meʼmori nomi bilan mashhur. Biroq, uni bir qancha avangard loyihalari uchun tez-tez tanqid qilishgan. Lev Popov buyuk sovet meʼmori Aleksey Nikolayevich Dushkin tomonidan ishlab chiqilgan meʼmorchilik tamoyillarini qayta koʻrib chiqish orqali oʻzining yangi ijodiy uslubini yaratgan.

Lev Nikolayevich Popov oʻn uchta Moskva metro stansiyalari loyihalarining hammuallifi hisoblanadi. Shuningdek, Boku (Ganjlik bekati, 1967) va Toshkent (Mustaqillik maydoni bekati, 1977) shaharlaridagi metro bekatlarini loyihalashda ham faol tarzda ishtirok etgan. Lev Popovning soʻnggi loyihasi Dostoyevskaya metrosi boʻlib, 2010-yilda meʼmorning oʻlimidan keyin foydalanishga topshirilgangan.

Loyihalari



Moskva metro stansiyalari




Boshqa metropolitanlarning bekatlari



Boku: „Ganjlik“ (hammuallif), 1967-yil.

Toshkent: „Mustaqillik maydoni bekati“, 1977-yil.

Novosibirsk: „Garin-Mixaylovskiy maydoni“, 1984-yil.

Praga: „Andel“, 1985-yil.

Mukofotlari



Lev Nikolayevich Popov metro stansiyalarini loyihalash boʻyicha tanlovlarda ishtirok etgan. Ushbu tanlovlarda oʻz loyihalari uchun bir necha bor taqdirlangan:

Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz