Lev Olshanskiy
Lev Abramovich Olshanskiy (ruscha: Лев Абрамович Ольшанский; 1914-yil 1-oktabr, Yekaterinoslav — 1995-yil 9-avgust, Moskva) — sovet futbolchisi, hujumchi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Tarjimai hol
1930-yilda Dnepropetrovskning “Spartak” jamoasi, 1932-1935-yillarda Moskvaning “Start” klubi hamda 1936-1938-yillarda Leningradning “Dinamo” klubi sharafini himoya qilgan. 1938-yilning oktabr oyida “Dinamo” safida SSSR chempionatida “Elektr” (1:2) va “Zenit” (2:1)dagi hamyurtlariga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan. 1939-yil may oyida Moskvaning “Pishevik” jamoasi uchun “B” guruhida toʻrtta oʻyin oʻtkazib, Yerevanning “Spartak” jamoasiga qarshi uchrashuvda bitta gol urishga muvoffaq boʻlgan.
1948-yildan murabbiylik faoliyati bilan shugʻullana boshlagan. 1948-1949-yillarda Moskva viloyati “Dinamo” klubida, 1950-yilda Podolsk “Mashinostroitel” jamoasida, 1951-1954-yillarda Ashxobodning “Spartak”ida, murabbiy vazifasida faoliyat yuritgan. 1954-1955-yillarda Toshkentning “Spartak” klubida katta murabbiy, 1956-1957-yillarda esa murabbiy boʻlib ishlagan. “Paxtakor” jamoasini 1957-1959-yillarda boshqargan.
1964-1978-yillarda KFK Dinamo (Moskva) jamoasiga ustozlik qilgan. 1970-yilda “Strela” va 1972-yilda “Almaz” jamoalari bilan (OFK-3) SSSR kubogining ikki karra gʻolibi boʻlgan
1995-yilda vafot etgan. Vostryakovskiy qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org