Let Me Love You (DJ Snake qoʻshigʻi)
„
Let Me Love You “ qoʻshigʻi fransuz DJ va elektron musiqa prodyuseri DJ Snake tomonidan kanadalik qoʻshiqchi Justin Bieberning ishtirokida yozilgan. Qoʻshiq Interscope Records leybli orqali 2016-yil 5-avgustda Snakening „Encore“ (2016) nomli ilk studiyaviy albomidagi uchinchi singl sifatida chiqarilgan. Sanʼatkorlar qoʻshiqni Andew Watt, Ali Tamposi, Brian Lee va Louis Bell bilan birga yozgan va prodyuserlik DJ Snake, Bell va Watt tomonidan amalga oshirilgan.
Qoʻshiqning klipi James Lees tomonidan rejjisyorlik qilingan va 2016-yil 29-noyabrda YouTube platformasida chiqarilgan. Qoʻshiq 2017-yilda oʻsmirlar va yoshlar orasida juda mashhur boʻlgan. Shuningdek, trek Disney Awards marosimida „Eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyasini olgan.
Klipi
„Let Me Love You“ qoʻshigʻining klipi 2016-yil 30-noyabrda YouTube platformasida chiqarilgan. Musiqiy videoga James Lees rejjisyorlik qilgan. Rasmiy musiqiy video 2021-yil 13-sentabr holatiga koʻra YouTube platformasida 1 milliarddan ortiq tomoshaga qilingan.
„Let Me Love You“ qoʻshigʻi Amerika Qoʻshma Shtatlarining Billboard Hot 100 roʻyxatining 2016-yil 27-avgustdagi sonida 12-oʻrinda debyut qilgan. Singl 113 000 ta yuklab olish bilan Digital Songs chartida birinchi oʻrinni egallagan va bu yutuq DJ Snake uchun birinchi, Bieber uchun esa oltinchi eng yuqoridan joy olgan singl boʻlgan.
Bundan tashqari, qoʻshiq Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, Shotlandiya va Shveysariya chartlarida birinchi oʻrinni egalladi; shuningdek, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Kanada, Daniya, Vengriya, Irlandiya, Livan, Yangi Zelandiya, Panama, Paragvay, Polsha, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va AQSHdagi eng yaxshi 10 ta qoʻshiq roʻyxatidan joy oldi.
Qoʻshiqning amerikalik R&B janrida kuylovchi qoʻshiqchi R. Kelly hamkorligidagi remiksi 2017-yil 14-yanvardagi sonida Bubbling Under Hot 100 chartida 24-oʻrinda debyut qilgan. Remiks 25 000 marta yuklangan boʻlib, Hot Dance/Electronic Song xit-paradida 11-oʻrindan joy olgan.
Chartlar
Haftalik
Yil yakuni
Manbalar
uz.wikipedia.org