Lessirovka




Lessirovka (nem. lasieren — sirlash, sir bilan qoplash) — rangtasvir asarini yakunlovchi nozik boʻyoq qatlami. Chala qurigan yoki qurigan qalin boʻyoqlar ustidan beriladi. Bu usul ranglar turlanishini oʻzgartirish, kuchaytirish, yengillatish, koloritni boyitish, ularning uygʻunligi va mutanosibligiga erishish maqsadlarida qoʻllaniladi. Ayniqsa, 16—19-asrlarda yaratilgan asarlar L. bilan tugallangan. Hozirgi davrda oʻzbek rassomlari (jumladan, Sh. Abdurashidov, M. Nuriddinov, A.Aliqulov. Sh. Qoʻziyeva va boshqalar) ijodida rangtasvir asarlari yaratish jarayo-nida qisman yoki toʻliq qoʻllaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz