Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi
Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi Lesoto milliy ayollar futbol jamoasi boʻlib, Lesoto Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Tarixi
Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi „Goʻzal gullar“ laqabini olgan.
1998-yil 28-martda Lesoto Mozambikda Mozambik ayollar milliy futbol terma jamoasibilan oʻynagan. Oʻyinda Mozambik terma jamoasi uchta gol urib 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. 1998-yil 19-aprelda Maseruda Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi yana bir bor Mozambik terma jamoasi bilan oʻynadi. Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻyinda 4:2 hisobida gʻalaba qozondi. 2002-yilda Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Mamlakat 2002-yilda Zimbabvening Xarare shahrida boʻlib oʻtgan COSAFA ayollar chempionatida ishtirok etgan. Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi „A“ guruhidan joy olgandi. Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi 19-aprelda Zimbabve ayollar terma jamoasiga 0:15, 21-aprelda Malavi ayollar terma jamoasiga 0:3, 23-aprelda Zambiya ayollar terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. 2003-yilda Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi 1 ta oʻyin oʻtkazgan. 2004-yilda ham jamoa 1 ta oʻyin oʻtkazgan. 2005-yilda Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi 2 ta oʻyin oʻtkazgan.
Lesoto Milliy Futbol Federatsiya 1932-yilda tuzilgan. Federatsiya FIFAga 1964-yilda qoʻshilgan. Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasining sport toʻplamida koʻk, oq va yashil koʻylaklar, oq shortilar, koʻk va oq paypoqlar mavjud.
Futbol mamlakatda netbol va yengil atletikadan keyin uchinchi eng ommabop sport turi hisoblanadi Lesotoda futbol ayollarning oʻzini oʻzi qadrlashini rivojlantirish uchun ishlatiladi. 2006-yilda 5200 nafar ayol futbolchi roʻyxatga olingan boʻlib, ulardan 5000 nafari oʻsmirlar, 200 nafari esa katta futbolchilar edi. Ayol futbolchilar soni ortib bormoqda. 2000-yilda 210 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2001-yilda 350 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2002-yilda 480 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2003-yilda 750 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2004-yilda 2180 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2005-yilda esa 4600 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2006-yilda 5200 nafar futbolchi roʻyxatdan oʻtgan. 2006-yilda mamlakatda jami 61 ta futbol klublari mavjud boʻlib, ulardan 54 tasi aralash gender jamoalari va 7 tasi ayollar jamoasi edi. 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini translyatsiya qilish huquqini Afrika teleradioeshittirish ittifoqi sotib olgan edi.
Soʻnggi oʻyinlar
1998-yil
2002-yil
2006-yil
2011-yil
2022
Murabbiylar shtabi
Hozirgi murabbiylar shtabi
Bosh murabbiylar tarixi
Oʻyinchilar
Quyidagi futbolchilar 2022-yil 20-avgust kuni 2022-yilgi COSAFA Ayollar chempionati turnirida Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasi safiga cahqirilgan.
Lesoto ayollar milliy futbol terma jamoasining xalqaro turnirlardagi natijalari
Chempion Ikkinchi oʻrin Uchinchi oʻrin Toʻrtinchi oʻrin
FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
Olimpiada oʻyinlari
Afrika ayollar millatlar kubogi
Afrika oʻyinlari
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org