Lesnik
„
Lesnik “ (ruscha: Лесник, yaʼni „Oʻrmon qorovuli“) — „Korol i shut“ rus rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq matnini 1991-yil guruh aʼzosi Andrey Knyazev yozgan, musiqasini guruh vokalisti Mixail „Gorshok“ Gorshenyov bastalagan.
„Lesnik“ qoʻshigʻi guruh repertuaridagi eng taniqli qoʻshiqlarning biridir. 2013-yilda „Nashe radio“ radiokanali tuzgan „Bizning eng yaxshi 500 qoʻshigʻimiz“ (ruscha: 500 НАШИх лучших песен) roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan. Gorshenyov vafotidan keyin Knyazev har bir konsertida bu qoʻshiqni ijro etishni odat qilgan, chunki, uning soʻzlariga koʻra, „Lesnik“ Gorshenyov uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Gorshenyovning oʻzi esa qoʻshiq haqida shunday degan:
„Lesnik“ — unda hammasi aytilgan. Agar siz „Korol i shut“ nima ekanligini tushunmoqchi boʻlsangiz, „Lesnik“ni eshitib koʻring[2].
1993-yildan boshlab guruh qoʻshiqni turli klublarda ijro etgan, ammo boshida qoʻshiq studiyada yozib olinmagan. Qoʻshiq 1994-yil „Bud kak doma, Putnik“ nomi bilan shu nomli, oz adadli albomga kiritilgan. 1997-yil albom „Koról i Shut“ nomi bilan qaytadan yozilgan. Aynan shu albomda qoʻshiq nomi „Lesnik“ oʻlaroq oʻzgartirilgan.
„Lesnik“ qoʻshigʻi tufayli guruh nomi „Kontora“dan dastlab „Korol shutov“ nomiga, soʻngra „Korol i shut“ nomiga oʻzgartirilgan. 1996-yil „Rjavie Provoda“ rok-festivali doirasida qoʻshiq uchun arzon klip olingan. Gorshenyov oʻlimidan oldingi yillarda „Lesnik“ qoʻshigʻini ijro etayotganda yakuniy naqoratdan keyin SSSRda tugʻilib oʻsgan amerikaliklar tuzgan „Red Elvises“ guruhining „Donʼt Crucify Me“ qoʻshigʻi misralarini kuylashni odat qilgan.
Jamoa
1993-yilgi yozuv
1997-yilgi yozuv
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org