Les Paul




Les Paul (talaffuzi: Les Pol), asl ismi Lester William Polsfuss (9-iyun, 1915 – 12-avgust, 2009) — amerikalik jazz va country gitarachi, qoʻshiqchi hamda ixtirochi boʻlgan. U yaxlit tanali elektrik gitara yaratib, rock'nʼroll rivojiga katta hissa qoʻshgan. Les Paul shuningdek musiqaga boshqa yangiliklar ham kiritgan. Masalan, tovush ustidan tovush yozish (bir necha qatlamli elektron ovoz yozish), "delay" va "phaser" samaralari hamda koʻp-yoʻlakli tovush yozish kabi yangiliklar ixtirochilaridan boʻlgan. Hamkasbi Ted McCarty bilan birgalikda "Gibson Les Paul" elektrogitarasini ishlab chiqqan.

Les Paul shuningdek virtuoz gitarachi boʻlgan, zamonaviy gitarachilar undan haligacha ilhomlanishadi. Turmush oʻrtogʻi Mary Ford bilan 1950-yillarda qoʻshiqlar yozishgan, plastinkalari millionlab sotilgan.

Diskografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz