Les Brown (notiq)
Leslie Calvin Brown (1945-yil 17-fevralda dunyoga kelgan) – amerikalik siyosatchi va ruhlantiruvchi notiq. Brown 1977-yildan 1981-yilgacha Ogayo shtati Vakillar palatasining aʼzosi boʻlgan.
Yoshligi
Brown egizak akasi Wesley bilan birgalikda Florida shtatining Mayami shahridagi Liberty City da kam taʼminlangan oilada tugʻilgan. Uni yoshligidan kafeterya xizmatchisi va uy yordamchisi boʻlib ishlagan 38 yoshli yolgʻiz Mamie Brown asrab oladi. Brownning taʼkidlashicha, maktabida uni taʼlim olish uchun aqliy zaif deb hisoblashgan. Bu esa keyinchalik uning oʻziga boʻlgan hurmati va ishonchiga putur yetkazgan.
Faoliyati
Brown oʻzining koʻplab nutqlariga asoslangan holda, birinchi marta turmushini yoʻlga qoyishga qaror qilib radio stantsiyasiga borgan va nutqlari bilan bir necha marta qayta-qayta muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Faqat avvalgi kunning ikkinchi yarmida DJ ning jonli efirdagi muvaffaqiyatsizliklaridan keyingina Brown toʻliq vaqtli ishga qabul qilinadi. Radiostantsiyadagi faoliyatini tugatgandan soʻng, u Ogayo shtati Vakillar palatasi (ing: Ohio State of Representatives) saylovida qatnashib gʻalaba qozongan. Ogayo shtati qonun chiqaruvchi organini (ing: Ohio State Legislature) tark etgach, u oʻz faoliyatini televideyida boshlagan va PBS telekanalida boshlovchilik faoliyatini boshlagan.
1993-yilning sentyabr oyidan noyabrgacha "Les Brown Show" nomli tok-shousini olib borgan.
Brown 2011-yildan 2012-yilgacha Kaliforniyadagi KFWBda kunlik sindikatlangan radio dasturida faoliyat olib borgan.
Shaxsiy hayoti
Brown 1995-yilda Gladys Knight bilan oila qurib, 1997-yilda ajrashishganz
Manbalar
uz.wikipedia.org