Leroy Sané




Leroy Aziz Sané (1996-yil, 11-yanvarda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Germaniya terma jamoasida vinger sifatida oʻynaydi.

Sane 2014-yilda "Shalke 04" safida professional debyut qilgan va 2016-yilda 37 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ga transfer qilinadi. U 2017-18- yillarda PFA tomonidan yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb topildi va „Manchester Siti“ga Premer-liga va EFL kubogini yutishda yordam berdi va ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan birinchi nemis futbolchisi bo‘ldi.

Sane 2015-yilning noyabr oyida Germaniya terma jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi va terma jamoa bilan UEFA Evro-2016 yarim finaliga chiqdi.

Yoshlik



Sane 1996-yil, 11-yanvarda Germaniyaning Essen shahrida tugʻilgan va Lohrheidestadion, Wattenscheid yaqinida oʻsgan, U sobiq germaniyalik badiiy gimnastikachi, 1984-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori Regina Veber hamda sobiq futbolchi, senegallik Souleymane Sanening oʻgʻli. U otasining sobiq bosh murabbiyi Klod Le Roy sharafiga unga Leroy ismini qoʻyishadi. Otasi SG Wattenscheid 09 jamoasi uchun oʻynaydi. Souleymane Sane Fransiyada oʻsgan; Fransiya armiyasidagi xizmati orqali Germaniyaga koʻchib oʻtadi. Sanening ikki ukasi Kim va Sidi Germaniyaning yirik futbol klublarining yoshlar jamoasida oʻynashgan. 

Faoliyatini boshlanishi



Sane 2001-yilda SG Wattenscheid 09 yoshlar jamoasida futbol oʻynashni boshlagan. 2005-yilda u „Shalke 04“ga oʻtadi. Uch yil oʻtgach u 2011-yilda „Shalke“ yoshlar akademiyasiga (Nachwuchsleistungszentrum) qaytishdan oldin Leverkuzenning „Bayer“ klubiga qoʻshiladi. 

2014-yilning 21-martida Sané „Shalke“ bilan 2017-yilning 30-iyuniga qadar uch yillik professional shartnoma imzoladi. U Bundesligadagi debyutini 2014-yilning 20-aprelida VfB Shtutgartga qarshi oʻtkazdi. U mavsumdagi ilk golini uy uchrashuvida FC Kyoln jamoasiga qarshi oʻyinda urdi. 2015-yilning 11-martida „Shalke“ UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yinida "Real Madrid" ustidan javob uchrashuvida 4:3 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, umumiy 5:4 hisobi qayt etildi Sanéning jamoasi musobaqadan chiqib ketdi.

Manchester Siti



2016-17: debyut mavsumi
2016-yil 2-avgustda Sane Premer-liganing „Manchester Siti“ klubiga 37 funt sterling evaziga transfer qilindi va besh yillik shartnoma imzoladi. Bonuslar bilan transfer toʻlovi 46,5 funt sterlingni tashkil qildi. U 10-sentabr kuni "Manchester Yunayted "ga qarshi Manchester derbisida g‘alaba qozongan holda debyut qildi. Uning „Siti“ safidagi ilk goli 18-dekabr kuni APL doirasida "Arsenal" ga qarshi oʻyinda sodir boʻldi. Jarohati tufayli safdan chiqqan Sane „Tottenxem“ga qarshi o‘yinda jarohatidan tikklanib maydonga qaytdi va 2017-yilning 21-yanvarida "Etihad Stadium" da bo‘lib o‘tgan o‘yinda gol urdi.

Milliy terma jamoa safida




Yutuqlar



Manchester Siti

"Bavariya"

Germaniya

Shaxsiy sovrinlar

Manba




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz