Lepvdokrokit




Lepvdokrokit (yun. lepidos — tangacha va kroke — ip, tola), yoqut slyudkasi—gidroksidlar sinfiga oid mineral [FeO(OH)]. Tarkibida Fe2O3 89,86% va N,0 10,14%, MnO, AI2O3, SiO2, CaO, MgO aralashmalari, baʼzida N2O ning ortiqchasi mavjud. Rombik singoniyali, strukturasi qatlamli. Tangachasimon, plastinkasimon, tolasimon, bogʻlamsimon va radial-tolasimon agregatlar xos. Zonal agregatlar hosil qilib ularda gyotit va gidrogyotit bilan galma-gal almashib turadi. Rangi yoqutsimon qizildan jigarranggacha. Olmossimon yaltiroq. Oʻzaro mukammal, bir yoʻnalishda bogʻlangan. Qattikligi 4—5; zichligi 3480–4100 kg/m3. Moʻrt. Qoʻngʻir temir rudasi, boksit, tuproq tarkibida uchraydi. Gidro-termal choʻkindi konlarning (Uraldagi Bakalskoye) temir rudalar tarkibida borligi maʼlum. Limonit kabi boyitiladi. Sunʼiy ravishda temirning chala oksidlangan birikmalaridan olinadi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz