Lepidoptera
Lepidoptera (qadimgi yunon tilidan lepídos (lepídos) "tangacha" va pterá (pterá) "qanotlar") tangachaqanotlilar yaʼni kapalaklarning ilmiy nomi hisoblanadi. Lepidopteraning 180 000 ga yaqin turlari tasvirlangan boʻlib, ular 126 oila va 46ta super oilada birlashadi. Lepidoptera hayvonot dunyosida eng keng tarqalgan va taniqli hasharotlar turkumlaridan biridir. Lepidoptera tana tuzilishida oʻziga xos murakkabliklar ularning turmush tarzi va tarqalishida afzalliklarga ega boʻlishi uchun rivojlangan. Oxirgi hisob-kitoblar shuni koʻrsatdiki, bu guruh aniqlanganidan koʻra koʻproq turga ega boʻlishi mumkin. Lepidoptera turlari uchtadan ortiq olingan xususiyatlar bilan tavsiflanadi.
Eng yaqqol koʻrinib turgani, koʻzga yaqqol tashlanadigani bu tangachalar hisoblanib, kapalaklarga rang va naqshlarning xilma-xilligini beradi. Deyarli barcha turlar qanotlari qisqargan yoki qanotsiz boʻlgan ba'zi turlari bundan mustasno. Koʻpayish davri yaʼni tuxum qoʻyishi odatda oʻsimliklar bilan bogʻliq boʻlib, oʻsimliklarning turli qismlarida amalga oshadi. Boshqa koʻplab hasharotlar singari, kapalaklar ham golometabol, ya'ni toʻliq metamorfozga uchraydi. Lichinkalar odatda
qurtlar deb ataladi va ular voyaga yetgan kapalak shakllaridan butunlay farq qiladi, silindrsimon tanasida yaxshi rivojlangan boshi, pastki ogʻiz qismlari, uch juft koʻkrak oyoqlari va besh juftgacha soxta qorin oyoqlarga ega boʻladi. Qurtlar oʻsib ulgʻaygan sari, bu lichinkalar "
instar" deb ataladigan bir qator bosqichlardan oʻtib, tashqi koʻrinishini oʻzgartiradi. Lichinka toʻliq yetilgandan soʻng gʻumbakka aylanadi. Gʻumbak davridan soʻng, jinsiy jihatdan yetuk organizmlar paydo boʻladi. Lepidopteralar millionlab yillar davomida qanot naqshlari va rang-barangligini keng diapazonda rivojlantirdilar. Koʻpgina turlarda urgʻochi 200 dan 600 tagacha tuxum qoʻyishi mumkin, boshqalarida esa bir kunda ularning soni 30 000 tagacha boʻlishi mumkin. Bu tuxumlardan chiqqan qurtlar katta miqdordagi ekinlarga zarar yetkazishi mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org