Leopold Ružička




Leopold Ružička (1887.13.9 — Vukovar, Yugoslaviya — 1976.26.9) — shveysariyalik organik kimyogar. 1912—25 va 1929—57 yillarda Syurixdagi Oliy texnika maktabida ishlagan. Utrext universiteti (Gollandiya) professor (1929). Asosiy ilmiy ishlari alitsiklik (polimetilen), xususan, terpenoid birikmalarning tuzilishi va biosintezini oʻrganishga oid. Halqasida 8 tadan 34 tagacha uglerod atomlari tutgan alitsiklik ketonlarni sintez qilgan (1920—34). Santonin (1930) va abiyetin kislotaning (1932) tuzilishini aniqlagan. Ilk bor xolesterin asosida androsteron (1934) va testosteron (1935, Adolf Butenandt bilan bir vaqtda) gormonlarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1939).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz