Leonov Viktor Nikolaevich
Viktor Nikolaevich Leonov (1916-2003) – Sovet harbiy dengizchisi, Ulugʻ Vatan urushi davrida Shimoliy va Tinch okean flotining razvedka boʻlinmalari qoʻmondoni. Ikki karra Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944, 1945). 1-darajali kapitan(27.04.2000) .
Hayoti va faoliyati
1916-yil 8-(21)noyabrda Ryazan viloyatining Zaraysk shahrida (baʼzi maʼlumotlarga koʻra – Zaraysk yaqinidagi Protekino qishlogʻida) ishchi oilasida tugʻilgan.
1931-yilda Zarayskdagi yetti yillik maktabni tamomlagan. 1931-1933 yillarda Moskva Kalibr zavodi qoshidagi zavodda komsomol zavod qoʻmitasi aʼzosi, ixtirochilarning ustaxona qoʻmitasi raisi, yoshlar brigadasi rahbari boʻlib ishlagan.
Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi: 1941-yil iyuldan – razvedkachi, otryad komandiri, otryad komandirining siyosiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va 1944-yil mart – 1945-yil aprelda – Shimoliy flot razvedka boshqarmasining 181-maxsus razvedka otryadi komandiri sifatida ishlab kelgan. Leonov, shuningdek, Arktikani himoya qilish va Petsamo-Kirkines operatsiyasida qatnashgan.
1941-yil 30-iyulda oyogʻidan ogʻir yaralanib, 1941-yil oktabrgacha Arxangelskdagi gospitalda yotdi. 1942-yil 6-yanvarda qoʻli va orqa qismidan yengil, 1942-yil 1-mayda boshidan yarador boʻldi.
Fashist bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1944-yil 5-noyabrdagi Farmoni bilan koʻrsatilgan jasorat va qahramonlik uchun katta leytenant Viktor Nikolaevich Leonov Lenin ordeni, "Oltin yulduz" medali hamda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
1945-yil aprel oyida u Tinch okean floti razvedka boshqarmasining 140-alohida razvedka otryadining komandiri etib tayinlandi.
Sovet-Yapon urushi qatnashchisi: 1945-yil avgust-sentyabr oylarida – Tinch okean flotining razvedka boʻlimining 140-alohida razvedka otryadining komandiri.
1945-yil 14-sentyabrda katta leytenant Viktor Nikolaevich Leonov ikkinchi Oltin Yulduz medali bilan taqdirlandi. Urushdan keyin, 1946-yil fevraligacha u Tinch okean flotining razvedka boʻlimining 140-alohida razvedka otryadiga qoʻmondonlik qilishni davom ettirdi.
1950-yil sentabrda Kaspiy oliy dengiz maktabini (Boku, Ozarbayjon) tugatgan. U harbiy-dengiz kuchlari bosh shtabining 2-bosh boshqarmasida oʻquv inspeksiyasi ofitseri (1950-yil noyabr – 1951-yil avgust) va yoʻnalishning katta ofitseri (1951-yil avgust – 1953-yil aprel), 1953 yil aprel-dekabr oylarida – Harbiy-dengiz kuchlari bosh shtabining 2-boʻlimining katta ofitseri sifatida xizmat qilgan.
1953-yil dekabr – 1956-yil iyul oylarida Harbiy-dengiz akademiyasida (Leningrad shahri, hozirgi Sankt-Peterburg) tahsil oldi, lekin faqat ikkita kursni tugatdi.
1957-yil apreldan 1958-yil iyungacha „Giproneftemash“ institutida muhandis boʻlib ishlagan.
Leonov 2003-yil 7-oktyabrda vafot etgan. U Moskvada Leonovskiy qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlar
Ilmiy ishlari
Maqolalari
Harbiy unvonlari
Manbalar
Adabiyot
Havolalar
uz.wikipedia.org