Leonidze Georgiy Nikolayevich




Georgiy Nikolayevich Leonidze [1899.15(27). 12, Patordzeuli qishlogʻi — 1966.9.8, Tbilisi] — Gruziya xalq shoiri (1959). Gruziya Fanlar Akademiyasi akademik (1944). Gruziya Fanlar Akademiyasi Shota Rustaveli nomidagi Gruzin adabiyoti instituti direktori (1957-yildan). "Ninotsmind kechasi", "Qipchoq bilan uchrashuv", "Sesarka", "Kalila va Damana" kabi lirik asarlar yaratgan (1924—25). Kishilarning mashaqqatli mehnati, nozik dil kechinmalari L. ijodida bosh mavzu boʻlgan. 30-yillarda yozgan sheʼrlari, asosan, zamondoshlarining hayoti, insoniy goʻzallik, xalqlar doʻstligi haqida. 2-jahon urushi yillarida yaratgan asarlari gruzin jangchilarining qahramonliklariga bagʻishlangan. "Samgori" (1950), "Portoxala" (1951) kabi dostonlarida xalq tarixi aks etgan, bularda nozik lirizm koʻzga tashlanadi. "Sexrli daraxt" (1962) xotiralar kitobi esa Kaxetiyaning oʻziga xos manzaralarining jonli tasviridir. L.ning "Oq choʻqqilar" asari oʻzbek tilida nashr etilgan (1973).

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz