Leonid Georgievich Babushkin




Leonid Georgievich Babushkin (1925-yil 3-aprel, Ural viloyati, Sudinskiy tumani – 1993-yil 22-fevral, Toshkent viloyati) — Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, 2-Belorussiya fronti 50-armiyasining 139-piyoda diviziyasining 609-piyoda polkining razvedka vzvodining komandiri, Sovet Ittifoqi Qahramoni (24.03.1945), kichik serjant.

Hayoti



Leonid Babushkin 1925-yil 3-aprelda Fomino qishlogʻida (hozirgi trakt Perm oʻlkasi Uinskiy tumani Aspinskiy qishloq posyolkasi hududidagi ) rus dehqon oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlab, 1934-yilda Sverdlovsk viloyatining Krasnouralsk shahriga koʻchib oʻtgan.

1943-yil yanvar oyida Ulyanovsk viloyatining Nikolo-Cheremshanskiy tuman harbiy roʻyxatga olish boshqarmasi tomonidan Qizil Armiya safiga chaqirilgan.

1943-yil dekabrdan Ulugʻ Vatan urushi janglarida 139-piyoda Roslavl Qizil Bayroqli diviziyasining 609-piyoda polkining bir qismi sifatida Berlinga qadar jang qiladi.

1944-yil 15-iyulda vzvod tarkibida kichik serjant Babushkin Neman daryosini Kovshi qishlogʻi yaqinida kesib oʻtadi (Grodno viloyati, Mostovskiy tumani). U koʻpriklar uchun jangda qatnashib, yigirmadan ortiq fashistlarni shaxsan yoʻq qilgan. Jangda yaralanadi, ammo jang maydonini tark etmagan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 24-martdagi farmoni bilan nemis bosqinchilariga qarshi kurash frontida qoʻmondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajargani, koʻrsatgan jasorati va qahramonligi uchun kichik serjant Leonid Georgievich Babushkinga Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali topshirilib, Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan (№ 5476).

U urushdan keyin armiyada xizmat qilishni davom ettiradi.

1960-yilgacha Krasnouralskdagi mis eritish zavodida ishlagan. Keyin Oʻzbekistonga koʻchib keladi. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida yashab, Oltintopkan zavodining qayta ishlash sexida ishlagan.

1993-yil 22-fevralda vafot etib, Olmaliqdagi „Qora lola“ shahar qabristoniga dafn etilgan.

Xotirasi




Mukofotlari




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz