Leonel Justiniano




Leonel Justiniano Arauz (ispancha: Leonel Justiniano Arauz; 1992-yil 2-iyulda tugʻilgan, Santa Kruz de la Sierra, Boliviya) - "Bolivar" futbol klubi va Boliviya milliy terma jamoasi tarkibida yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp suruvchi boliviyalik professional futbolchi.

Klubdagi karyerasi



Justiniano Bolivar klubining tarbiyalanuvchilaridan biri hisoblanadi. 2011-yil 27-noyabrda "Real Potosi"ga qarshi oʻyinda u Boliviya chempionatida debyut qiladi. 2012-yil 4-noyabrda Petroleroga qarshi oʻyinda Leonel klubi Bolivar uchun oʻzining birinchi golini uradi. 2014-yilning yozida Justiniano "Potosi"dan ijara asosida "Nacional" ga oʻtadi. Shu yili 11-avgust kuni Blumingga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qiladi. 31-avgust kuni "Petrolero"ga qarshi oʻyinda Leonel "Nacional" safida ilk golini uradi. 2015-yilning yozida Justiniano Bolivarga qaytadi. Klubdagi faoliyati davomida klub azosi sifatida 4 marta chempionlikni qoʻlga kiritadi.

2019-yilning yozida Justiniano Xorxe Vilsterman klubiga oʻtadi. 8-avgust kuni “Bluming” klubiga qarshi bahsda u yangi jamoasi safida ilk bor debyut qiladi.

Xalqaro karyerasi



2017-yil 23-mart kuni JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Kolumbiyaga qarshi oʻyinda Justiniano Boliviya terma jamoasi safida ilk bor debyut qiladi.

2019-yilda Justiniano Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogi musobaqasi uchun Boliviya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritiladi. Turnirda u Braziliya, Venesuela va Peru terma jamoalariga qarshi oʻtkazilgan oʻyinlarda ishtirok etadi. Venesuelaliklarga qarshi oʻyinda Leonel terma jamoasidagi ilk golini uradi.

Boliviya terma jamoasidagi gollari




Yutuqlari



Jamoasi

«Bolivar»

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz