Leonardo Pizano




Fibonacci (talaffuzi: Fibonachchi; Leonardo Pisano oʻlaroq ham maʼlum) (tax. 1170 — tax. 1240–50) — italyan matematigi. Sharqqa sayohat qilib, arab matematikasi yutuqlari bilan tanishib, ularning Gʻarbda tarqalishiga katta hissa qoʻshgan. U arifmetika (hind raqamlari, Fibonacci sonlari) va algebra (kvadrat tenglamalar ham kiritilgan) haqida risola (1202) va „Amaliy geometriya“ nomli asar (1220) yozgan. Fibonaccining bu asari algebraning geometriyaga tatbiqi haqida maʼlumot beruvchi birinchi asardir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz