Leonardo Koutris
Leonardo Koutris (grekcha: Λεονάρντο Κούτρης); 1995-yil 23-iyulda tugʻilgan) — professional futbolchi, Superliganing „Olympiacos“ klubida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Ergotelis
Braziliyaning Ribeirão Preto shahrida tugʻilgan Koutris oʻz faoliyatini Niki Rodos shahrining mahalliy havaskorlar jamoasida boshlagan. 2013-yilning 28-yanvarida Super League klubi Ergotelis bilan professional shartnomasi imzoladi va 2013-yilning 1-dekabrida Gretsiya chempioni „Olympiacos“ ga qarshi o‘yinda zaxira o‘yinchisi sifatida debyut qildi.
PAS Giannina
Erkin agent sifatida Koutris 2016-yilning 26-yanvarida Gretsiya Superligasi klubi PAS Gannina bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2016-yilning 21-iyulida, 2016—2017-yilgi UEFA Yevropa Ligasi uchinchi saralash bosqichida Norvegiyaning „Odd“ga qarshi oʻyinda debyut qildi va qo‘shimcha daqiqalarda gol urdi.
2017-yilning 28-aprelida chempion „Olympiacos“ bilan shartnoma imzoladi va sobiq jamoasi taxminan 600 000 yevro ishlab oldi.
Olympiacos
2017-yilning 25-iyulida Koutris klubdagi debyutini „Partizan“ga qarshi oʻyinda (3:1) oʻtkazdi. Klubning barcha xalqaro oʻyinlarini oʻtkazdi va „Olympiacos“ bir yildan soʻng UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqdi. 2017-yil 9-sentabr kuni klub bilan Superligada debyutini safarda „Ksanti“ga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazdi. 2017-yilning 18-noyabrida klub bilandagi birinchi golini urdi, Superliga doirasidagi „Levadiakos“ga qarshi kechgan bahs 2:1 hisobida yakunlandi.
Mallorcaga ijara 2020-yil 29 yanvarda Koutris „Olympiacos“ dan La Liganing „Mallorka“ klubiga olti oylik ijara shartnoma asosida oʻtdi. 2020-yil 15-fevralda Deportivo Alavesga qarshi oʻyinninng birinchi boʻlimda Lumor Agbenyenu oʻrniga maydonga tushi debyutini oʻtkazdi. 2020-yilning 21-fevralida „Real Betis“ga qarshi o‘yinda jarohat oldi, olti oy maydonga tushmasligi maʼlum bo‘ldi.
Fortuna Düsseldorfga ijara 2020-yil 2-oktyabrda 2. Bundesliga klubi Fortuna Düsseldorf 25 yoshli chap qanot himoyachisini "Olympiacos" dan 3 million yevroga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
2018-yil 9-noyabr kuni Gretsiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Angelos Anastasiadis chap qanot himoyachisi Koutrisni UEFA Millatlar ligasi doirasida Finlandiya va Estoniyaga qarshi o‘yinga chaqirdi. 2018-yilning 15-noyabrida Finlandiyaga qarshi o‘yinda (1:0) debyut qildi.
Shaxsiy hayoti
Koutris ham Gretsiya, ham Braziliya fuqaroligiga ega, otasi yunon va onasi braziliyalik.
Faoliyat statistikasi
Klub
21-avgust, 2022-yil holatiga koʻra[15][16]
Yutuqlari
Klub
Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org