Leonardo DiCaprio
Leonardo Di Caprio Vilgelm — amerikalik aktyor, produser, ekolog va xayriyachi. Yetti karra Akademiya (Oscar), oʻn uch karra Oltin globus, besh karra BAFTA va oʻn bir marotaba Screen Actors Guild Awards mukofotlari nomzodi. Oscar, Oltin globus, BAFTA va Screen Actors Guild Awards mukoflari sohibi. 2016-yilda Time jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi qatoriga kiritilgan.
DiCaprio Koʻpincha noanʼanaviy filmlarda, xususan, biopika,melodrama, drama va davriy filmlarda oʻynaydi. 2019-yilga kelib, uning filmlari dunyo boʻylab 7,2 milliard AQSh dollar daromad keltirdi va u dunyodagi eng koʻp haq toʻlanadigan aktyorlarning yillik reytingida sakkizinchi oʻrindan joy oldi.U xalqaro shuhratga James Cameronning Titanic (1997) filmidagi Jack roli orqali erishdi.
DiCaprio keyinchalik Aviator (2004) va Diamond (2006), Murtadlar (2006), Inqilobiy yoʻl (2008), Muqadddima (2010), The Wolf of Wall Strit" (2013), The Revenant (2015), Bir paytlar Hollywoodda (2019) kabi filmlarda rollar ijro etdi.
U 2017-yilda The Revenant filmi uchun Oscar, BAFTA va Oltin Globus mukofotini oldi. Aviator va The Wolf of Wall Strit uchun 2005 va 2013-yillarda Oltin globus mulfotini olgan. DiCaprio rejissor Martin Scorsese bilan eng koʻp hamkorlik qilgan aktyorlardan biridir.
U muntazam ravishda xayriya ishlarini qoʻllab-quvvatlaydi va atrof-muhit toʻgʻrisida bir nechta hujjatli filmlarni suratga oldi. 2016- yilda u sanʼat va madaniyat sohasiga qoʻshgan hissasi uchun Ordre des Arts et des Lettres mukofoti berilgan.
Filmografiya
Asosiy maqolaga qarang: Leonardo DiCaprio filmografiyasi Box Office Mojo sayti maʼlumotlariga koʻra, DiCaprioning tanqidiy va tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli filmlari quyidagilar: Whatʼs Eating Gilbert Grape (1993), Romeo + Juliet (1996), Titanic (1997), Catch Me If You Can (2002), Gangs of New York (2002), The Aviator (2004), Murtadlar (2006), Blood Diamond (2006), Shutter Island (2010), Muqaddima (2010), Django Unchained (2012), Shovvoz Gatsby (2013), The Wolf of Wall Street (2013), The Revenant (2015) va Bir paytlar Hollywoodda (2019). Uning filmlari dunyo miqyosida jami 7,2 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan.
Mukofot va nominatsiyalari
Asosiy maqolaga qarang: Leonardo DiCaprioning mukofot va nominatsiyalari DiCaprio Kinematografiya sohasiga qoʻshgan hissasi uchun koʻp marotaba mukofotlar va nominatsiyalr bilan eʼtirof etilgan.
Shunigdek uchta Oltin globus va BAFTA mukofotlari sovrindori.
Manbalar
Havolalar
Leonardo DiCaprio IMDbda
uz.wikipedia.org