Leon Guwara
Leon Guwara (talaffuzi: Leon Guvara; 1996-yil 28-iyunda tugʻilgan) — professional futbolchi, 2. Bundeslika vakili SSV Jahn Regensburg jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Germaniyada tugʻilgan boʻlsa-da Gambiya terma jamoasini himoya qiladi.
Klublardagi faoliyati
Guwara 2003-yilda Schwarz-Weiß Kölndan 1. FC Köln jamoasiga qoʻshilgan. Bundesliganing 19 yoshgacha boʻlganlar ligasi 2013—2014-yilgi mavsumida U19 jamoasida 19 oʻyinda maydonga tushdi.
2014-yil aprel oyida Guwara 2014—2015-yilgi mavsumda „Werder“ klubiga oʻtishi eʼlon qilindi. Bundesligadagi debyutini 2016-yilning 5-fevralida „Werder“ safida „Borussia Mönchengladbach“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.
2016-yil 31-avgustda Guwara SV Darmstadt 98 jamoasiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi.
2017-yil iyun oyida 2017—2018-yilgi mavsum uchun 1. FC Kaiserslautern klubiga ijaraga oʻtdi.
2018-yil may oyida Eredivisiening „Utrecht“ klubi Guwarani 2018—2019-yilgi mavsum uchun sotib olgani eʼlon qilindi. Guwara toʻrtinchi klubi FK Utrecht bilan bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2020—2021-yilgi mavsumdagi qishki transferlar oynasida mavsumning qolgan qismi uchun ligadagi raqibi VVV-Venloga ijaraga berildi.
2021-yil iyun oyida 2. Bundesliga vakili SSV Jahn Regensburg 2021—2022-yilgi mavsum uchun Guwarani tekinga olganligini eʼlon qildi. Guwara ikki yillik shartnomaga kelishib oldi.
Xalqaro faoliyati
Guwara Germaniya tugʻilgan, ammo otasi gambiyalik va onasi esa nemis. Germaniyanining turli xalqaro yoshlar darajasida jamoalarida oʻyinlarda ishtirok etgan. Gambiya milliy terma jamoasi safida 2021-yilning 5-iyunida Niger milliy futbol jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qildi. Gambiya jamoasi 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Faoliyat statistikasi
Klub
26-avgust, 2022-yil holatiga koʻra[14]
Xalqaro
20-iyun, 2021-yil holatiga koʻra[15]
Manbalar
uz.wikipedia.org