Leon (film)
"Léon" ("Professional", "Leon-killer") — fransuz rejissori Luc Bessonning filmi. 1994-yili Bessonning oʻz ssenariysi boʻyicha suratga olingan. Filmda bosh rollarni Jean Reno, Natalie Portman, Gary Oldman va Danny Aiello ijro etishadi.
Mazmuni
Leon, sovuqqon yollanma qotil, oilasi korrupsiyalangan polisiyachilar qoʻlidan halok boʻlgan qiz — oʻn ikki yoshlik Matildaning hayotini qutqaradi. Leon qizni oʻz gʻamxoʻrligi ostiga olishga majbur boʻladi. Matilda toʻrt yoshli ukasining oʻlimi uchun qasd olish maqsadida, Leonni unga professional qotillikni oʻrgatishga koʻndiradi. Oʻquv uchun "toʻlov" sifatida Matilda unga uy roʻzgʻorini yuritishga yordam beradi va Leonning oʻzini odamiyroq boʻlishga oʻrgatadi.
uz.wikipedia.org