Leo Väisänen
Leo Väisänen (1997-yil 23-iyulda Finlandiyaning Xelsinki shahrida tugʻilgan) — finiyalik futbolchi, „Elfsborg“ futbol klubi va Finlandiya terma jamoasi himoyachisi.
Leoning akasi Sauli ham professional futbolchi hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati
Väisänen — „HJK“ futbol klubi bitiruvchisi. 2015-yil boshida Leo „Klubi 04“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 25-aprel kuni „Kultsu“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Kakkonen ligasida debyut qilgan. 11-iyun kuni Sunderland futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Leo „Klubi 04“ safida oʻzining birinchi golini urgan. 2016-yil boshida Väisänen „HJK“ futbol klubiga qaytgan. 14-aprel kuni „RoPS“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Veikkaus ligada debyut qilgan. Oʻsha yilning 26-avgust kuni „PS Kemi City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qilgan.
2017-yilning yozida Väisänen „RoPS“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. „Inter Turku“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoasida debyut qildi. 29-iyun kuni „PS Kemi City“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Leo „RoPS“ futbol klubi safidagi birinchi golini urgan.
2018 yilning yozida Väisänen Gollandiyaning „Den Bosch“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 21-sentabr kuni „Almere City“ bilan oʻyinda u Erstediviziyada debyut qilgan. 18-noyabr kuni „Telstar“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Leo „Den Bosh“ futbol klubi safida birinchi golini urgan. 2020-yil boshida Vaisänen Shvetsiyaning „Elfsborg“ jamoasiga oʻtdi. 14-iyun kuni „Gothenburg“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Allsvenskan ligasida debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati
2019-yil 11-iyun kuni Vaisänen Finlandiya terma jamoasi safida Lixtenshteynga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida debyut qilgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org