Leo Toad




Leonardo Rodrigues Lima (talaffuzi: Leonardo Rodriges Lima; 1998-yil 2-avgustda São Pauloda tugʻilgan) — braziliyalik futbolchi, „PAOK“ jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati



Leo Toad „São Paulo“ va „Corinthians“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi. Leo Toad professional debyuti 2015-yilning 22-iyulida oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida boʻlgan. 2016-yilning 21-noyabrida „Internasional“ futbol kulibiga qarshi o‘yinda „Corinthians“ futbol klubi tarkibida Braziliya A seriyasida debyut qilgan.

2017-yil 4-iyulda Leo Toad 2,5 million yevro evaziga Rossiyaning „Akhmat“ futbol klubiga oʻtib, besh yillik shartnoma imzolagan. 2017-yilning 16-iyulida „Amkar“ futbol klubiga qarshi o‘yinda Leo Toad RFPLda debyut qilgan . Xuddi shu uchrashuvda Leo Toad yangi jamoasi safidagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan. Leo Toad Rossiyada boʻlib oʻtgan liganing 24 uchrashuvida uchta gol urgan.

2018-yilning 4-oktabr kuni 20 yoshli futbolchi Yevropa Ligasi guruh bosqichida „BATE Borisov“ futbol klubiga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Bu esa „PAOK“ futbol klubining 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasiga sabab bo‘lgan. Bu oʻyin Leo Toadga Alfredo Morelos, Patrik Kutrone va Islom Slimani kabi futbolchilarni ortda qoldirib, Yevropa Ligasi guruh bosqichining ikkinchi bosqichida eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritishga yordam bergan. 2019-yilning 3-mart kuni „Panathinaikos“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (2:0) hal qiluvchi golni urgan. 2019-yilning 8-martida uning „Porto“, „Newcastle United“ va „Anderlecht“ kabi jamoalar eʼtiborini tortgani haqida xabar berilgan edi. Boshqa klublar qiziqishiga qaramay, u „PAOK“ futbol klubida qolishni maʼqul koʻrgan.

Xalqaro faoliyati



2017-yilda Leo Toad Braziliya yoshlar terma jamoasi tarkibida Ekvadorda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Leo Toad Chili, Paragvay, Ekvador, Argentina, Venesuela, Urugvay va ikki marta Kolumbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz