Leo Esaki




Esaki Leo (1925.12.3, Osaka) — yapon fizigi, Yaponiya Fanlar akademiyasi aʼzosi (1975). Tokio universitetini tugatgan (1947). Ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi, yarimoʻtkazgichli elektronika, oʻta oʻtkazuvchanlik, tunnellash va magnetizmga oid. Yarimoʻtkazgichlarda tunnellashni eksperimental kashf etdi va tunnel diodni yaratdi (1957). Elektr maydonning aniq bir qiymatida magnit qarshilikning keskin ortishi hodisasi (Esaki effekti)ni kashf etdi (1962). Yarimoʻtkazgichlarda oʻta oʻtkazuvchan energetik tirqishlar mavjudligini aniqladi (1966). Nobel mukofoti laureati (1973).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz