Leo Dubois




Léo Michel Joseph Claude Dubois (talaffuzi: Leo Yosef Mishel Dyubua) (1994-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Superliganing Galatasaroy klubi va Fransiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Oilasi



Duboisning otasi Jean-Pierre Livanda tugʻilgan va 13 oyligida fransuz oilasi tomonidan asrab olingan.

Klubdagi faoliyati



Ilk faoliyat yillari



Yoshligida Dubois havaskor jamoalar SC Gemmois va ES Segre tarkibida oʻz faoliyatini boshlagan.

Nantes



Dubois oxir-oqibat yuqori divizion klubi FC Nantning eʼtiborini qozongan va jamoa bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilning 9-mayida „Bordeaux“ ga qarshi oʻyinda ligada debyut qilgan. U oʻsha oʻyinda 83-daqiqadan keyin Kian Xansen oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan.

Lyon



Dubois 2018-yilning 1-iyulida Liga 1ning boshqa jamoasi Lyon bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. 2020-yil 27-sentyabrda Dubois o‘zining Liga 1 tarixidagi beshinchi golini „Stad du Moustoir“ da Lorientga qarshi o‘yinda (1:1) kiritgan. Dubois 2021-yilda Memfis Depayni "Barselona" ga sotganidan keyin murabbiy Piter Bos tomonidan klub sardori etib tayinlangan.

Galatasaroy



2022-yilning 21-iyulida Dubois Superliganing "Galatasaroy" klubi bilan 3 million yevro evaziga shartnoma imzolagan va Turkiya klubi safiga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati



Dubois birinchi marta 2019-yilning may oyida Fransiyaning kattalar jamoasiga chaqirilgan. U 2019-yilning 2-iyunida Boliviyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (2:0) o‘yinning 46-daqiqasida Benjamin Pavard o‘rniga maydonga tushgan. 9 kundan soʻng, Dubois Fransiya kattalar jamoasi uchun ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan, oʻsha oʻyinda ular UEFA Yevro-2020 saralashida Andorra ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonishgan.

2021-yil 10-oktyabrda Dubois UEFA Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarshi bahsning 79-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan, o‘yinda Fransiya Ispaniya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz