Lenta (toʻqimachilik)




Lenta (lot. linteus — zigʻir tola, polotno) — 1) toʻqimachilikda turli toʻqimachilik materiallari (yigirish sanoati uchun moʻljallangan xom ashyo, ensiz xom mato)ning nomi (qarang Pilta); 2)toʻqima L. turli tolalardan maxsus toʻquv dastgohlarida tasma koʻrinishida tayyorlanadi. Ayollar koʻylagi, shlyapalar va boshqalarni bezash, ordenlar uchun ishlatiladi, sochga taqiladi; 3) geodezik L. — eni 12 –20 mm, uz. 20–50 m boʻlgan poʻlat yoki invardan tayyorlangan uzunlik oʻlchanadigan geodezik asbob; 4) konveyer L. — bir vaqtda yuk koʻtaruv va tortuvchi organlarning ishini bajaruvchi konveyerning tashkiliy qismi. Rezinalangan matoli va trosli xillari bor. Matoli L.ning matosi 0,2 — 0,3 mm qalinlikdagi ip gazlama va sintetik materiallar (kapron, lavsan, viskoza) dan tayyorlanib 3 dan 10 mm gacha qalinlikda rezina qoplanadi. Eni 100 dan 2400 mm gacha, baʼzan 3600 mm boʻladi. Trosli L. issiq va abraziv materiallarni tashishda ishlatiladi. Trosslarining diametri 2,1 — 11,6 mm, mustahkamlik chegarasi — 1sm eniga 7—60 kN, eni 800 mm gacha, qalinligi 0,6 — 1,2 mm boʻladi; 5) izolyasiya L. — smola, lok, moy va boshqa elektr oʻtkazmaydigan modda shimdirilgan, bir tomoni yopishqoq ensiz mato. Elektr simlari ulangan va boshqa joylarni oʻrashda ishlatiladi; 6) poʻlat L. — prokatlash stanoklarida eni 600 mm gacha, 0,005 – 4 mm qalinlikda prokatlab olinadigan polosa poʻlat. Uglerodli yoki legirlangan poʻlatdan tayyorlanadi. Shtamp buyumlar, payvand trubalar, soat prujinalari, elektr pechlari va asboblarning qizish elementlari va boshqa tayyorlashda ishlatiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz