Lenovo
Lenovo Group Limited (联想集团有限公司)- Xitoy kompyuter kompaniyasi, 2007-yil 1-kvartal natijalariga binoan dunyoda kompyuter ishlab chiqarish boʻyicha(HP, Dell va Acer dan soʻng) toʻrtinchi oʻrinda turadi. Honkongdan roʻyxatdan oʻtgan, bosh ofisi — Pepcheyz shahrida (Nyu-York shtati, AQSH) joylashgan. Lenovo soʻzi xitoycha boʻlib nuqson maʼnosini bildiradi.
Tarixi
Kompaniyaga 1984-yil Xitoy Ilmiy Akademiyasi mablagʻlari yordami bilan xitoy olimlari tomonidan asos solingan. Boshida kompaniyaga 'New Technology Developer Incorporated' (ikki yil oʻtgach — 'Legend') nomi berilgan va u asosan Xitoyga kompyuter tehnologiyalari etkazish va shuningdek ierogliflarga kodirovka yaratish bilan shugʻullangan.
2003-yil kompaniya nomini Lenovoga almashtirdi. 2004-yil dekabrda kompaniya IBM (AQSH kompaniyasi) ning kompyuter ishlab chiqarish boʻlimini sotib olish haqida eʼlon qildi.
Boshqaruv
Lenovo kompaniyasi asosiy aksiyadorlari — Xitoy ilmiy akademiyasi Legend Holding Ltd (42 %), IBM (AQSH kompaniyasi) (8,82 %), amerika toʻgʻri investisiyalar fondlari Texas Pacific Group,General Atlantic LLC va Newbridge Capital LLC (10,1 %). 2007-yil 25-may oyida kompaniya bozor kapitalizatsiyasi — $4,08 mlrdni tashkil etdi.
Kompaniya direktorlar kengashi raisi — Yan Yuan'sin.
Faoliyati
Kompaniya shaxsiy, choʻntak kompyuterlari, serverlar, monitorlar, videoproektorlar va boshqa koʻpgina qurilmalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Kompaniya mahsulotlari asosan — Think Centre va ThinkPad savdo belgilari ostida ishlab chiqariladi. Gartner analitik kompaniyasi hisobiga koʻra 2007-yilning birinchi kvartalida Lenovo kompaniyasi 3,9 mln dona kompyuter sotgan. Kompaniya umumiy ishchilari soni — 19,5 ming kishini tashkil etadi. 2007-yil 31 mart moliyaviy yilda kompaniya daromadi — $14,6 mlrd(oʻsish oʻtgan yilga nisbatan 10 %), sof foyda — $161 mln(oʻsish 640 %)ni tashkil etdi.
Eslatmalar
Havolalar
uz.wikipedia.org