Lennart Carleson
Lennart Carleson (talaffuzi: Lennart Karleson) (1928-yil 18-martda tugʻilgan) — shvetsiyalik matematik. Carleson zamonaviy matematik analiz, xususan, gormonik analiz va funksiyalar nazariyasi sohalari boʻyicha mutaxassis. 1992-yil Wolf mukofoti, 2006-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Carleson 1950-yil Uppsala universitetidan PhD darajasini olgan. Stockholmdagi Qirollik texnologiya institutida va Los Angelesdagi California universitetida ishlagan. 1966-yil Lusin gipotezasini isbotlagan. Hozirda bu gipoteza Carleson teoremasi oʻlaroq maʼlum.
Carleson 1982-yil SSSR Fanlar akademiyasining matematika boʻlimi aʼzosi etib tayinlagan. Rossiya fanlar akademiyasining xorijiy aʼzosi, Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasining aʼzosi. 2012-yildan beri Amerika matematika jamiyatining aʼzosi. Olim 1992-yilda Wolf mukofotiga, 2002-yilda Lomonosov nomidagi katta oltin medalga sazovor boʻlgan. 2003-yilda Sylvester medali bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org