Lena Oberdorf (germaniyalik futbolchi)
Lena Sofi Oberdorf (2001-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, Frauen-Bundesliga klubi VfL Volfsburg va Germaniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Faoliyati
Markaz himoyachisi, chap qanot himoyachisi, himoyaviy yarim himoyachi va markaziy yarim himoyachidan tortib turli pozitsiyalarda oʻynay oladigan koʻp qirrali futbolchi Oberdorf ayollar futbolidagi eng istiqbolli yosh isteʼdodlardan biri hisoblanadi.
U Gevelsbergda tugʻilgan. 2017-yilgi UEFA U-17 ayollar chempionatida Germaniya oltinchi marta chempionlikni qoʻlga kiritdi va Oberdorf turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 17 yoshida u 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Germaniya terma jamoasiga tanlandi va shundan beri oʻzini terma jamoada boshlangʻich sifatida koʻrsatdi.
Shaxsiy hayoti
Oberdorfning akasi Tim Oberdorf ham futbolchi.
Germaniyadagi ayollar 18-asrning boshlaridan beri futbol bilan shug'ullanmoqdalar, ammo sport bilan shug'ullanadigan ayollarni keng aholi va fuqarolar yomon ko'rishardi. "Sportchi qiz" XX asrning 20-yillarida ayollar o'z klublarini tashkil qila boshlaguniga qadar modaga kira olmadi. 1955-yilda Germaniya futbol assotsiatsiyasi ayollarning zaifligi va o'zlariga shikast etkazmasdan sport bilan shug'ullana olmasliklarini aytib, uyushmaga ayollarni kiritmasligini e'lon qildi. 1960-yillarda Ayollar futbol assotsiatsiyasini tashkil etish to'g'risida munozaralar bo'lib o'tdi, ammo u hech qachon bekor qilinmadi.
Bu holatdan unumli foydalangan yosh sportchi qiz ham o`z karyerasini futbol bilan bo`glashga qaror qildi va hozirga qadar ushbu faoliyat bilan shug`ullanib kelmoqda.
Karyera statistikasi
31 July 2022 [7]
Ballar va natijalar birinchi navbatda Germaniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Oberdorfning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Yutuqlar
VfL Volfsburg Germaniya Germaniya U17 Individual Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org