Lena Endre
Lena Endre (shvedcha: Lena Endre 1955-yil 8-iyulda tavvallud topgan) – kino va televideniye aktrisasi, Shvetsiya va Norvegiyada Liv Ullmanning „Trolösa“ (2000) va Stieg Larssonning „Mingyillik“ trilogiyasiga asoslangan filmlaridagi roli bilan tanilgan. Endrening ingliz tilidagi kinoda debyuti 2012-yilda Pol Thomas Andersonning „Master“ filmida boʻlib oʻtdi, unda bosh rollarni Xoakin Feniks va Filipp Seymur Xoffman ijro etgan.
Karyerasi
1986-yilda Stokgolm Ijro sanʼati akademiyasini tamomlagandan soʻng, 1980-yillarda Varuhuset va Lorri shved teleseriallaridagi ishtiroki orqali shuhrat qozongan. 1984-yilda rejissyor Tom Kleggning "The inside man" trillerida kichik rol ijro etgan.
Endre oʻzining ingliz tilidagi filmlardagi debyut roli Pol Tomas Andersonning „Master“ (2012) filmida ijro etdi, unda Joaquin Phoenix, Philipp Seymour Xoffman, Amy Adams va Laura Dernlar bilan birga rol ijro etgan.
Liv Ullmanning 2000-yilda Kann kinofestivalida ishtirok etgan „Faithless“ filmidagi ishtiroki tufayli katta shuhrat qozongan. Shuningdek, daniyalik rejissyor Saymon Stahoning ikkita filmida rol oʻynagan: Dag och Natt (2004) va Himlens Xyarta (2008). Oxirgi filmidagi roli tufayli „eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida „Guldbagge“ milliy kino mukofotiga sazovor boʻlgan.
Mukofotlari
1997-yilda Lena Endre „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ nominatsiyasida „Guldbagge“ mukofotini olgan va 2000-yilda „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida taqdirlangan.
Shahsiy hayoti
Aktyor Tomas Xanzon bilan turmushi 1988-yildan 1998-yilgacha davom etgan, undan ikki farzandi bor. Keyinroq shvetsiyalik rejissyor Richard Xobert bilan turmush qurgan. Ularni turmushi 2000-yildan 2012-yilgacha davom etgan.
Filmografiyasi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org