Lelantos
Lelantos (qadimgi yunoncha: Ληλαντος) — qadimgi yunon mifologiyasida ikkinchi avlod titan. Koy va Febaning oʻgʻli, ehtimol, havo xudosi va ovning taʼqibchisi. Ismning maʼnosi „koʻzga tashlanmasdan harakat qilish“, „eʼtibordan qochish“ soʻzlarining hosilasi sifatida talqin qilinadi. Evbeya orolidagi Lelanton tekisligi u bilan bogʻliq bo'lib, Strabon va Teognid bu nomni eslatib oʻtadilar.
Lelantosning Peribey okeaniddan kelgan yengil shamol maʼbudasi Aura ismli qizi bor edi. Ushbu titan haqidagi maʼlumotlar afsonalar qahramoni sifatida faqat Nonnisning „Dionisning harakatlari“ da saqlanib qolgan, shuning uchun u boshqa titanlar kabi mashhur emas.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org