Lejandr Adriyen Mari




LEJANDR (Legendre) Adriyen Mari (1752.18.9 - Parij - 1833.10.1) -fransuz matematigi, Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1783). Geodezik oʻlchashlar nazariyasini ishlab chiqqan, eng kichik kvadratlar usulini ochgan, elliptik integrallar va variatsion hisob bilan shugʻullangan. Lejandr koʻphadlari va Lejandr almashtirishi deb ataladigan tushunchalarni kiritgan. L. elliptik integrallarning qatʼiy qoidaga aylanishini isbotlagan, ularning qatorlarga ajralishini topgan va qiymatlari jadvallarini tuzgan. Variatsion hisobda ekstremumning mavjudligini aniklagan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz