Lewis Morgan
Lewis Morgan (talaffuzi: Lyuis Morgan; 1996-yil 30-sentabrda Shotlandiyada tugʻilgan) s hotlandiyalik futbolchi, „New York Red Bulls“ klubi va Shotlandiya terma jamoasi qanot himoyachisi hisoblanadi.
Klublardagi faoliyati
Lewis Morgan „Rangers“ va „St.Mirren“ futbol klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014-yil 27-sentabrda u Shotlandiya premyer ligasida „Celtic“ futbol klubiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 2016-yilning 1-may kuni „Rangers“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Lewis Morgan „St.Mirren“ futbol klubi safidagi ilk golini urdi. 2018-yil boshida Morgan „Celtic“ futbol klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi, lekin yana olti oy „St.Mirren“ futbol klubida qoldi. U jamoa safida jami 14 ta gol urgan. Sentabr oyida „Kilmarnock“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Celtic“ futbol klubi safida debyut qildi. 2019-yilning 31-yanvarida Lewis Morgan mavsum oxirigacha Angliyaning 1-liga klubi „Sunderland“ futbol klubiga ijaraga berilgan.
2020-yil 31-yanvarda Morgan MLS ligasidagi yangi „Inter Miami“ futbol klubiga oʻtdi. 1-mart kuni u 2020-yilgi mavsumning ochilish oʻyinida „Los-Angeles“ futbol klubiga qarshi oʻynadi, bu „Inter Miami“ futbol klubi va futbolchining MLSdagi debyutiga aylandi. 9-sentabr kuni „Atlanta United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „Inter Miami“ futbol klubi safida gol urib, „dubl“ qayd etgan. 2020-yilgi mavsum yakunida u klubning eng qimmat futbolchisi sifatida tan olindi. 2021-yilning 8-martida Lewis Morgan „Inter Miami“ futbol klubi bilan shartnomasini uzaytirgan.
2021-yil 12-dekabrda Morgan „New York Red Bulls“ futbol klubi tomonidan 1,2 million dollar evaziga sotib olingan. U „New York Red Bulls“ safidagi debyutini 2022-yil 26-fevralda „San Jose Earthquakes“ futbol klubiga qarshi mavsumning ochilish oʻyinida oʻtkazdi va oʻyinda bitta golli uzatmani amalga oshirdi. 5-mart kuni „Toronto“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u „New York Red Bulls“ futbol klubi safidagi ilk gollarini kiritib, „xet-trik“ qayd etdi.
Xalqaro faoliyati
2018-yilning 30-may kuni Peruga qarshi oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida Lewis Morgan Shotlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan.
Statistika
Manbalar
uz.wikipedia.org