Lewis Gibson
Lewis Jack Gibson (talaffuzi: Lyuis Jek Gibson) (2000-yil 19-iyulda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Lewis Gibson „Bristol Rovers“ futbol klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Lewis Gibson „Newcastle United“ futbol klubi akademiyasida tarbiyalangan edi. Lewis Gibson 2017-yil iyul oyida Premer liga vakili „Everton“ futbol klubi safiga qoʻshilgan.
2020-yil 31-yanvarda Lewis Gibson mavsum oxirigacha ijara asosida Birinchi liga vakili „Fleetwood Town“ futbol klubi safiga qoʻshilgan. Bir kun oʻtgach, Lewis Gibson „Fleetwood“ futbol klubi safida „Doncaster Rovers“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (2-1 hisobida magʻlubiyat) oʻzining ilk debyut oʻyinini oʻtkazgan.
2020-yil 22-sentyabrda Lewis Gibson „Reading“ futbol klubi tarkibiga ijara shartnomasi asosida oʻtishga rozilik bildirgan.
2021-yil 7-avgustda Lewis Gibson Birinchi liga vakili „Sheffield Wednesday“ futbol klubiga bir mavsumga ijara asosida oʻthanligini eʼlon qilgan. Lewis Gibson klub safidagi ilk oʻyinini 2021-yil 5-oktyabrda „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Lewis Gibson 2022-yil 19-fevralda „Doncaster Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jarohat olganidan soʻng, asosiy jamoasi safiga qaytgan.
2022-yil 12-avgustda Lewis Gibson 2022—2023-yilgi mavsum uchun ijara asosida Birinchi liga vakili „Bristol Rovers“ futbol klubiga qoʻshilgan.
Shaxsiy hayoti
Lewis Gibsonning akasi Liam Gibson ham professional futbolchi hisoblanadi. U hozirda „Morecambe“ futbol jamoasida oʻynaydi.
Lewis Gibson yoshligida Tanfield maktabida oʻqigan.
Faoliyat statistikasi
Yutuqlar
Manbalar
uz.wikipedia.org