Lewis Bate
Lewis Michael Bate (2002-yil, 28-oktyabrda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi, Leeds Uniteddan ijara asosida Oxford United klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Yoshligi
Londonda tugʻilgan Bate oʻz faoliyatini Sidcupda joylashgan mahalliy Foots Cray Lions jamoasida boshlagan, 8 yoshida Chelsea klubi safigaga qoʻshilgan. U Chelsea va Liverpool afsonalari Frank Lampard va Steven Gerrardni bolaligida oʻzi yaxshi koʻrgan futbolchilar qatoriga qoʻydi.
Klubdagi faoliyati
Chelsea
Chelseaning 18 va 23 yoshgacha boʻlgan jamoalarida asosiy futbolchi boʻlgan, kegin Bate Chelseaning asosiy jamoasi safida uch marta zaxira oʻrindigʻiga qoʻshildi. Biroq, u asosiy jamoada maydonga tushmadi va 2021-yilda Stamford Bridgeni tark etishi mumkin edi, chunki Bluesning (koʻklarning) shartnoma taklifini rad etdi.
Leeds United
2021-yilning 21-iyulida Leeds United Bate bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Shartnoma imzolangandan soʻng, Bate 23 yoshgacha boʻlganlar safida yaxshi taassurot qoldirganidan soʻng tezda asosiy jamoa tarkibiga kiritilishi mumkinligi aytildi. U 23 yoshgacha boʻlgan Leeds safida birinchi golini 2021-yilning 4-noyabrida EFL Trophy doirasida Salford Cityga 5:3 hisobida jamoasi bilan magʻlub boʻldi. Bate 2022-yilning 9-yanvarida Angliya kubogining 3-raundida West Ham United klubiga qarshi oʻyinda (2:0) asosiy tarkibda Leeds United safida debyut qildi. U Premyer-ligadagi debyutini keyingi haftada, West Ham Unitedga qarshi oʻyinda oʻtkazdi, u birinchi boʻlimda Adam Forshawning oʻrniga maydonga tushdi, ammo ikkinchi boʻlimning oʻrtalarida Leeds 3:2 hisobida oldinda boʻlib, Rodrigoni maydonga tushirib taktik oʻzgarish qildi.
Oxford United (ijara) 2022-yilning 4-avgustida Bate 2022-23-yilgi mavsum davomida Birinchi liganing Oxford United klubiga ijara asosida qoʻshildi.
Xalqaro faoliyati
Bate Angliya terma jamoasini 17, 18 va 20 yoshgacha boʻlgan yosh toifalarida himoya qilgan. U oʻzining 20 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi safidagi birinchi golini Italiyaga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan.
Oʻyin uslubi
Bate kuchli toʻp uzatuvchi va driblingchi, shuningdek, kurashda yaxshi boʻlishi bilan birga, yarim himoyachi rollarida yaxshi oʻynay oladi. U himoyada ham, oldinda ham kuchli deb taʼriflangan va oʻyinni nazorat qila olish qobiliyati uchun Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Clarence Seedorfga qiyoslangan.
Faoliyat statistikasi
2022-yil, 8-may holatiga ko'ra
Manbalar
uz.wikipedia.org