Leiden




Leyden — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Janubiy Gollandiya provinsiyasida. Reyn daryosi deltasidagi port. Aholisi 117,4 ming kishi (2001). Leyden yirik madaniy va ilmiy markaz. Jun tayyorlashning qadimiy markazi. Mashinasozlik, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1575), universitet kutubxonasi, tarix muzeyi, etnografiya muzeyi, mashhur rassom Rembrandt uy-muzeyi va boshqalar bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 9-asrda qayd etilgan. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz