Leid
Azob (boshqa nomlari:
uqubat ,
aziyat ,
qiynalish ) deb biror zarar yetganda yoki zarar yetishi ehtimoli paydo boʻlganda vujudga keladigan jismoniy va/yoki ruhiy yoqimsiz hissiyotlar majmuiga aytiladi. Azob salbiy affektdir.
Azob (arab. – qiynoq) – shariatda gunoh uchun belgilangan jazo. Gunoh uchun qozi tomonidan belgilanadigan jazo ham, narigi dunyoda beriladigan jazo ham A. deb atalgan.
Azob turli darajada taʼsir etishi, kuchsiz yoki kuchli boʻlishi mumkin. Bu intensivlikka davomiylik va tez-tezlik faktorlari taʼsir qiladi. Azob ongli mavjudotlar hayotlarida turlicha namoyon boʻladi: uni atrofdagilar payqamasligi yoki aksincha, u dramatik sodir boʻlishi mumkin. Inson faoliyatining koʻp sohalari azobni yengish (psixologik yordam, tibbiyot, yupatish) yoki ishlatishga (qiynash, jazolash) qaratilgan.
Manbalar
Manbalar
uz.wikipedia.org