Legolas Greenleaf




Legolas Greenleaf — J. R. R. Tolkienning Uzuklar hukumdori va Hobbit asarlaridagi badiiy qahramon. Shuningdek, shu nomdagi Peter Jackson tomonidan yaratilgan filmalardagi qahramon ham hisoblanadi. Legolas elf boʻlib, elflar qiroli Tranduilning oʻgʻli, Aragornning doʻsti. Elflar boqiy umr koʻruvchi afsonaviy toʻqima mavjudotlardir. Ular juda kelishgan va chiroyli boʻlib navqiron paytdan soʻng qarishmaydi. Ular minglab yillar yashashadi. Legolas Hobbit bilan birga Besh saltanat urushida ishtirok etadi va 60 yildan keyin uzukni yoʻq qilishga yordam berib jang qiladi. Legolasning taqdirini J. R. R. Tolkien Uzuklar hukumdorida mavhumligicha qoldiradi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz