Lego Filmi 2
The Lego Movie 2: The Second Part 2019-yilda omma eʼtiboriga havola qilingan komedik janrdagi kompyuter-animatsion filmdir. Warner Animation Group, Lego System A/S, Rideback, Lord Miller Productions va Vertigo Entertainment studiyalari mahsuloti. Warner Bros. Pictures tomonidan tarqatilgan. Filmga Mike Mitchell rejissorlik qilgan. Filmda bosh qahramonlarga Chris Pratt, Elizabeth Banks, Will Arnett, Charlie Day, Alison Brie, Nick Offerman, Will Ferrell, Stephanie Beatriz, Tiffany Haddish va Maya Rudolph ovoz began.
Filmning jahon premyerasi 2019-yilning 2-fevralida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtdi. AQShda esa shu yilning 8-fevralidan kinoteatrlarda RealD 3D, IMAX, IMAX 3D, 4DX va Dolby Cinema formatlarida namoyish etila boshladi. Film kinotanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. $99 millionlik budjeti bilan umumjahon boʻylab $192 million mablagʻ toʻpladi.
Ovoz berganlar
Musiqasi
Marketing
The Lego Movie 2: The Second Part filmi uchun marketing kampaniyasi $100 millionga tushdi. Hamkorlar orasida Chevrolet, Chiquita, McDonald's, Discover Card va Turkish Airlines mavjud.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org