Lego Filmi




The Lego Movie 2014-yilda omma eʼtiboriga havola qilingan sarguzasht va komediya janrlaridagi kompyuter-animatsion filmdir. Warner Animation Group, Village Roadshow Pictures, Lego System A/S, Lin Pictures va Vertigo Entertainment studiyalari mahsuloti. Filmga Phil Lord va Christopher Miller rejissorlik qilgan. Film Emmet ismli oddiy quruvchining dunyoni Lord Business ismli yovuzdan qutqarishi haqida hikoya qiladi. Voqealar Lego nomli xayoliy olamda boʻlib oʻtadi. Filmda bosh qahramonlarga Chris Pratt, Will Ferrell, Elizabeth Banks, Will Arnett, Nick Offerman, Alison Brie, Charlie Day, Liam Neeson va Morgan Freeman ovoz began.

Filmning ilk namoyishi 2014-yilning 1-fevralida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. Film kinotanqidchilar tomonidan xush qarshilangan. Umumjahon boʻylab $468,1 million daromad qilgan. „Eng yaxshi original qoʻshiq“ (inglizcha: Best Original Song) nominatsiyasida Oscar mukofotiga nomzod qilib koʻrsatilgan.

Ovoz berganlar




Musiqasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz