Left 4 Dead (franshiza)
Left 4 Dead — Valve tomonidan nashr etilgan qoʻrquvda tirik qolish janridagi birinchi shaxsdan otishmali videooʻyinlar seriyasi. Oʻyin voqea-hodisalari odamlarni zombiga oʻxshash quturgan mavjudotlarga aylantiradigan kasallik pandemiyasi tarqalgan olamdan yuz beradi. Oʻyin xavfsiz boshpanalar va harbiy qutqaruvchilarga yetib borishni oldiga maqsad qilib qoʻygan toʻrtta tirik qolgan toʻgʻrisida hikoya qiladi.
Oʻyin toʻrttagacha oʻyinchini oʻynata oladigan qoʻshma oʻyin taqdim etadi. Toʻrtta oʻyinchining har bir oʻyinchi bitta tirik qolgan qahramon rolini oʻynaydi, oʻyinchilar soni toʻrttaga yetmagan holda esa kompyuter tanlanmagan qahramonlarni boshqaradi. Oʻyinchilar jamoasini tirik holda saqlashi uchun zararlanganlarga qarshi sovuq qurollar, oʻqotar qurollar va uloqtiriladigan buyumlarni ishlatishsa, oʻzlarini sogʻligʻini yaxshilash uchun esa davolovchi buyumlar toʻplamidan foydalanishadi. Bundan tashqari maxsus zararlanganlar ham bor. Ular oddiylariga qaraganda ancha qiyin muammolar tugʻdiradi, ularni yengish uchun odatda jamoaning yordami talab etiladi. Oʻyin jarayoni oʻyinchilarni toʻxtab qolganliklari uchun jazolaydigan, oʻyinchilarni uzoqroq yoki xavfliroq yoʻllarni bosib oʻtganligi uchun maxsus qurollar bilan ragʻbatlantiradigan „AI rejissyor“ tomonidan nazorat qilinadi. Rejissyorning vazifasi oʻyinchilarning harakatlariga qarab ularga yanada dramatik kechinmalar berish. Rejissyor oʻyin jarayonini haqiqatga yaqin qilib beradi, yaʼni bitta bosqichdagi oʻyin har oʻynaganingizda har xil oʻtadi.
Videooʻyinlar
Yuklab olinadigan kontentlar (DLC)
Sahnalashtirish
Left 4 Dead oʻyinlaridagi voqea-hodisalar odamlarni yirtqich, zombiga oʻxshash mavjudotlarga aylantirib, tirik qolganlarni oʻldirishga intiladigan infeksiya pandemiyasi boshlanganidan keyingi kunlarda boʻlib oʻtadi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida Fuqarolik Favqulodda Vaziyatlari va Mudofaa Agentligi (CEDA) harbiylar yordami bilan xavfsiz hududlarni yaratish buyuriladi. Harbiylar xavfsiz hududlarga imkon qadar koʻproq odamlarni evakuatsiya qilib, ularni orollar va okeanga suzadigan kemalarga oʻtkazishni oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Bunga sabab zararlanganlar suvliklarni kesib oʻtolmaydi. Bir qator odamlar infeksiyaga qarshi immunitetga ega ekanligi aniqlanadi, ammo keyinroq maʼlum boʻlishicha ular kasallik tashuvchisi va beixtiyor boshqalarga yuqtirishi mumkin. Ikkala oʻyinda ham ushbu „tashuvchilar“dan toʻrttasi oʻyinning „Tirik qolgan“ qahramonlari oʻlaroq boshpana va evakuatsiya nuqtalariga yoʻl olishadi.
Qahramonlar
Zararlangan qahramonlar
Oʻyin ichidagi zararlangan qahramonlar toʻrt toifaga boʻlingan. Eng koʻp „umumiy“ zararlangan, eng kam deformatsiyalangan mavjudotlar. Yolgʻizligida zararlanganlar zaif, biroq koʻp sonli holda ular tirik qolganlar uchun katta xavf tugʻdiradi. Koʻpincha rejissyor „oʻrda“ni qarshi qoʻyadi. Oʻrdadagi koʻp sonli zararlanganlar oʻyinchilarga hujum qiladi. Oʻrdalar oʻyinchilar baland shovqin chiqarishganda yoki avtomobil signalizatsiyasini yoqib yuborishganda oʻrdalar rejissyor tomindan yaratilishi mumkin. Shunga oʻxshash holatlar oʻyinchilar biror-bir liftni chaqirishgan chogʻda katta shovqin tarqaladi, bu esa katta oʻrdani oʻziga jalb qiladi. Aynan shunaqa holatlar „kreshendo hodisasi“ deb ataladi. Oʻyinchilar esa oʻrda kelayotganidan ogohlantiriladi.
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
Andoza:ValveAndoza:Left 4 Dead series
uz.wikipedia.org